وَقُلِ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَن شَآءَ فَلْيُؤْمِن وَمَن شَآءَ فَلْيَكْفُرْ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلظَّـٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ۚ وَإِن يَسْتَغِيثُوا۟ يُغَاثُوا۟ بِمَآءٍ كَٱلْمُهْلِ يَشْوِى ٱلْوُجُوهَ ۚ بِئْسَ ٱلشَّرَابُ وَسَآءَتْ مُرْتَفَقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o`rab oladigan olovni tayyorlab qo`yganmiz. Agar yordam so`rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!Сен: «Бу ҳақ Роббингиз томонидандир. Бас, ким хоҳласа, иймон келтирсин, ким хоҳласа, куфр келтирсин», дегин. Албатта, Биз золимларга деворлари уларни ўраб оладиган оловни тайёрлаб қўйганмиз. Агар ёрдам сўрасалар, эритилган маъдан каби юзларни қовурувчи сув билан «ёрдам» берилади. Нақадар ёмон шароб ва нақадар ёмон жой!Alauddin Mansour: Ayting: «(Bu Qurʼon) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin». Aniqki, Biz zolim — kofirlar uchun alangalari doʻzaxilarni oʻrab-chirmab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻygandirmiz. Agar ular (tashnalik shiddatiga chidamay) suv soʻrasalar, eritilgan (dogʻlangan) yogʻ kabi yuzlarni kuydirguvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u!Айтинг: «(Бу Қуръон) Парвардигорингиз томонидан (келган) Ҳақиқатдир. Бас, хоҳлаган киши иймон келтирсин, хоҳлаган кимса кофир бўлсин». Аниқки, Биз золим — кофирлар учун алангалари дўзахиларни ўраб-чирмаб оладиган дўзахни тайёрлаб қўйгандирмиз. Агар улар (ташналик шиддатига чидамай) сув сўрасалар, эритилган (доғланган) ёғ каби юзларни куйдиргувчи сув берилур. Нақадар ёмон ичимлик у, нақадар ёмон жой у!
Yaʼni, ey odamlar, sizga kelgan haq narsa–Qurʼon, Islom Robbingiz tomonidandir. Kim xohlasa, Unga iymon keltirsin, xohlamasa, oʻzi biladi. Ixtiyor oʻzlarida, deb aytgin ularga, ey, oxirzamon Paygʻambari. Ha,
«Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin».
Ammo, unday yoki bunday qilsang iymon keltiramiz, deb shart qoʻymasinlar. Haq doimo oʻz oʻrnida turadi. Ularning xohishiga koʻra qayoqqadir egilmaydi. Agar haqqa egilmay, unga iymon keltirmay, kofir boʻlib, zulm qilsalar:
«Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni oʻrab oladigan olovni tayyorlab qoʻyganmiz».
U yer jahannamdir va ularni olovdan boʻlgan devorlari ila oʻrab oladi. Zolimlar u joyda kuyib-yonib, gʻoyatda chanqaydilar.
«Agar yordam soʻrasalar, eritilgan maʼdan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi.»
Foyatda chanqagan doʻzaxiylar bir tomchi suvga zor boʻlib, yordam soʻrasalar, ularga maʼdan yoki qattiq qizitilgan qora moy kabi narsa suv oʻrniga beriladi. U shunday issiq boʻladiki, agar kishining yuziga tegsa, uni qovurib yuboradi. Doʻzaxiylar ana shu narsani chanqoqlarini qondirish uchun ichadilar. Bu dunyoda iymonsiz ketgan zolimlarning holi nima kechishini shundan ham bilib olish mumkin. Doʻzaxiylar ichadigan sharob ana shunday sharob, ular yashaydigan joy ana shunday joy.
«Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!»
Zolim-kofirlarning holi shunday boʻlib turganda, boshqa tomonda mutlaqo oʻzgacha manzara kechadi.