QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят2

قَيِّمًا لِّيُنذِرَ بَأْسًا شَدِيدًا مِّن لَّدُنْهُ وَيُبَشِّرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا حَسَنًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni to`g`ri qilgan; O`z huzuridan bo`ladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan mo`minlarga, ularga go`zal ajr bo`lishi bashoratini beradigan qilgan Zotga.Уни тўғри қилган; Ўз ҳузуридан бўладиган шиддатли азобдан огоҳлантирадиган; яхши амалларни қиладиган мўминларга, уларга гўзал ажр бўлиши башоратини берадиган қилган Зотга.Alauddin Mansour: Toki (kofirlarni) Oʻz huzuridan keladigan qattiq azobdan qoʻrqitish va yaxshi amallar qiladigan moʻminlarga goʻzal mukofot — jannat xushxabarini berish uchun (U zot Qurʼonni nozil qildi).Токи (кофирларни) Ўз ҳузуридан келадиган қаттиқ азобдан қўрқитиш ва яхши амаллар қиладиган мўминларга гўзал мукофот — жаннат хушхабарини бериш учун (У зот Қуръонни нозил қилди).

293-sahifa · 15-juz · 30-hizb293-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَيِّمًۭاtoʻgʻri qilganтўғри қилганلِّيُنذِرَogohlantirish uchunогоҳлантириш учунبَأْسًۭاazobdanазобданشَدِيدًۭاshiddatliшиддатлиمِّن-dan-данلَّدُنْهُOʻz huzuridanЎз ҳузуриданوَيُبَشِّرَva bashorat berish uchunва башорат бериш учунٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларгаٱلَّذِينَulargakiуларгакиيَعْمَلُونَqiladiganқиладиганٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниأَنَّalbattaалбаттаلَهُمْularga bordirуларга бордирأَجْرًاajrажрحَسَنًۭاgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Oyatdagi «Bandasi»dan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam nazarda tutilyapti. «Kitob»dan murod Qurʼoni Karimdir. Alloh taolo suraning boshida Oʻz bandalariga hamdu sano aytishni oʻrgatmoqda. Bu safar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u kishi orqali Oʻz bandalariga Qurʼoni Karimni nozil qilgani uchun Allohga hamdu sano aytish lozimligi taʼkidlanmoqda.

«Oʻz bandasiga kitob nozil etgan» Allohga hamd boʻlsin.

Qurʼoni Karim saodat manbaidir. Faqat u orqaligina bandalar eng zaruriy narsalarni biladilar. Jumladan, aqiyda, tasavvur va axloq-odob kabi masalalarning birdan-bir masdari Qurʼondir. Shuning uchun ham, Qurʼonni nozil etgan Zotga har qancha hamdu sano aytilsa, shuncha oz. Hamdu sanoga sazovor, «Oʻz bandasiga kitob nozil etgan Zot» mazkur kitobni–Qurʼoni Karimni qanday sifatlar bilan indirgani ham ushbu oyatlarda zikr etilyapti.

«...va unda hech bir egrilik qilmagan...» Allohga hamd boʻlsin.

Yaʼni, Qurʼonda hech bir egrilik qilmay nozil etgan Alloh taologa behad hamdu sanolar boʻlsin.

«Uni toʻgʻri qilgan...» Allohga hamd boʻlsin.

Yaʼni, Qurʼonni faqat toʻgʻrilikdan iborat qilgan Alloh taologa behad hamdu sanolar boʻlsin.

Undagi koʻrsatmalar, tuzumlar, amrlar, qissalar va boshqa narsalarda hech qanday egrilik, xato-nuqson yoʻq.

Shu bilan birga, Qurʼoni Karimni Alloh taolo kofirlarga:

«...Oʻz huzuridan boʻladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan...» qilib nozil etgan. (Allohga hamd boʻlsin.)

Aksincha:

«...yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ularga goʻzal ajr boʻlishining bashoratini beradigan qilgan...» (Allohga hamd boʻlsin.)

Oʻsha moʻmin bandalar:

«(Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar».

Oyati karimadagi «Ajr»dan murod jannatdir.