QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят3

مَّـٰكِثِينَ فِيهِ أَبَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar.(Улар) у(ажр)да абадий қолгувчидирлар.Alauddin Mansour: (Moʻminlar oʻzlari uchun mukofot boʻlmish jannatda) mangu qolguvchidirlar.(Мўминлар ўзлари учун мукофот бўлмиш жаннатда) мангу қолгувчидирлар.

293-sahifa · 15-juz · 30-hizb293-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّـٰكِثِينَabadiy qolguvchi hollaridaабадий қолгувчи ҳолларидаفِيهِu(ajr)daу(ажр)даأَبَدًۭاabadiyабадий
TafsirТафсир

Oyatdagi «Bandasi»dan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam nazarda tutilyapti. «Kitob»dan murod Qurʼoni Karimdir. Alloh taolo suraning boshida Oʻz bandalariga hamdu sano aytishni oʻrgatmoqda. Bu safar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u kishi orqali Oʻz bandalariga Qurʼoni Karimni nozil qilgani uchun Allohga hamdu sano aytish lozimligi taʼkidlanmoqda.

«Oʻz bandasiga kitob nozil etgan» Allohga hamd boʻlsin.

Qurʼoni Karim saodat manbaidir. Faqat u orqaligina bandalar eng zaruriy narsalarni biladilar. Jumladan, aqiyda, tasavvur va axloq-odob kabi masalalarning birdan-bir masdari Qurʼondir. Shuning uchun ham, Qurʼonni nozil etgan Zotga har qancha hamdu sano aytilsa, shuncha oz. Hamdu sanoga sazovor, «Oʻz bandasiga kitob nozil etgan Zot» mazkur kitobni–Qurʼoni Karimni qanday sifatlar bilan indirgani ham ushbu oyatlarda zikr etilyapti.

«...va unda hech bir egrilik qilmagan...» Allohga hamd boʻlsin.

Yaʼni, Qurʼonda hech bir egrilik qilmay nozil etgan Alloh taologa behad hamdu sanolar boʻlsin.

«Uni toʻgʻri qilgan...» Allohga hamd boʻlsin.

Yaʼni, Qurʼonni faqat toʻgʻrilikdan iborat qilgan Alloh taologa behad hamdu sanolar boʻlsin.

Undagi koʻrsatmalar, tuzumlar, amrlar, qissalar va boshqa narsalarda hech qanday egrilik, xato-nuqson yoʻq.

Shu bilan birga, Qurʼoni Karimni Alloh taolo kofirlarga:

«...Oʻz huzuridan boʻladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan...» qilib nozil etgan. (Allohga hamd boʻlsin.)

Aksincha:

«...yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ularga goʻzal ajr boʻlishining bashoratini beradigan qilgan...» (Allohga hamd boʻlsin.)

Oʻsha moʻmin bandalar:

«(Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar».

Oyati karimadagi «Ajr»dan murod jannatdir.