وَيُنذِرَ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, Alloh O`ziga bola tutdi, deganlarni ogohlantirish uchun.Ва, Аллоҳ Ўзига бола тутди, деганларни огоҳлантириш учун.Alauddin Mansour: Shuningdek, U zot «Allohning bolasi bor», degan kimsalarni (qattiq azobdan) ogohlantirish uchun (ushbu Kitobni nozil qilgandir).Шунингдек, У зот «Аллоҳнинг боласи бор», деган кимсаларни (қаттиқ азобдан) огоҳлантириш учун (ушбу Китобни нозил қилгандир).
(Qurʼonni nozil qilgan Allohga hamd boʻlsin.)
Demak, Qurʼonni nozil qilishdan yana bir maqsad–Allohga shirk keltiruvchilarning, uning bolasi bor, deb eʼtiqod etuvchilarning yoʻli notoʻgʻriligidan va buning oqibati yaxshi boʻlmasligidan ularni ogohlantirishdir.
«Oʻziga bola tutdi» iborasining shu tarzda kelishi juda nozik bir masalaning bayoniga ishoradir. Mushriklarning koʻpi, Allohning bolasi bor, deb eʼtiqod qilganlar. Baʼzi bir masiyhiy mazhabidagilar esa, Allohning Oʻz bolasi yoʻgʻ-u, ammo Iysoni bola tutib olgan, deya eʼtiqod etishgan. Shayx Abul Hasan Nadaviy: bu ibora ham Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitobligiga dalildir, deydilar. Darhaqiqat, masiyhiylarning butunlay esidan chiqib ketgan bu masalani yolgʻiz Allohgina zikr eta oladi.