QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят5

مَّا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ وَلَا لِـَٔابَآئِهِمْ ۚ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ ۚ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yo`qdir. Og`izlaridan chiqadigan so`z qanday ham og`ir. Ular yolg`ondan boshqani aytmaslar.На уларнинг ва на ота-боболарининг бу ҳақда илми йўқдир. Оғизларидан чиқадиган сўз қандай ҳам оғир. Улар ёлғондан бошқани айтмаслар.Alauddin Mansour: Oʻzlarining ham, ota-bobolarining ham biron bilim-maʼrifati boʻlmagan holda («Allohning bolasi bor», degan kimsalarni). Ularning ogʻizlaridan chiqqan soʻz ogʻir soʻzdir. Ular faqat yolgʻon soʻzlaydilar.Ўзларининг ҳам, ота-боболарининг ҳам бирон билим-маърифати бўлмаган ҳолда («Аллоҳнинг боласи бор», деган кимсаларни). Уларнинг оғизларидан чиққан сўз оғир сўздир. Улар фақат ёлғон сўзлайдилар.

294-sahifa · 15-juz · 30-hizb294-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّاyoʻqdirйўқдирلَهُمularningуларнингبِهِۦbu haqdaбу ҳақдаمِنْhechҳечعِلْمٍۢilmiилмиوَلَاva naва наلِـَٔابَآئِهِمْ ۚota-bobolariningота-боболаринингكَبُرَتْqanday ham ogʻirқандай ҳам оғирكَلِمَةًۭsoʻzсўзتَخْرُجُchiqadiganчиқадиганمِنْ-dan-данأَفْوَٰهِهِمْ ۚogʻizlaridanоғизлариданإِنemasэмасيَقُولُونَayturlarайтурларإِلَّاfaqatфақатكَذِبًۭاyolgʻonniёлғонни
TafsirТафсир

Oʻsha mushriklar oʻzlaricha «Alloh oʻziga bola tutdi», deydilar. Ammo:

«Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yoʻqdir».

Mushriklar Allohga shirk keltirishda koʻproq ota-bobolariga suyanadilar. Holbuki, oʻzlari toʻqiydilarmi yoki ota-bobolariga suyanib gapiradilarmi–bari bir, ularning bu daʼvolarida zarracha ilmiylik yoʻq. Bu daʼvo johilona aytilgan quruq gap, xolos. Ularning:

«Ogʻizlaridan chiqadigan soʻz qanday ham ogʻir».

Alloh haqida bilmay turib gapirish juda ogʻir. Ayniqsa, ilmsizlarcha, johillik bilan «Alloh Oʻziga bola tutdi» deyish yana ham ogʻir.

«Ular yolgʻondan boshqani aytmaslar.»

Mushriklarning bu gapi gʻirt yolgʻondir. Ularning bunaqa boʻhtonlari, Qurʼoni Karimdagi ochiq-oydin bayonotlarga ishonmasliklari Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni taassufga solardi. Alloh taolo bu haqida u kishiga tasalli berib, quyidagilarni aytadi: