فَلَعَلَّكَ بَـٰخِعٌ نَّفْسَكَ عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِمْ إِن لَّمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَسَفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bu so`zga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila o`zingni halok etmoqchi bo`larsan?!Улар бу сўзга иймон келтирмасалар, эҳтимол, уларнинг ортидан таассуф ила ўзингни ҳалок этмоқчи бўларсан?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar ular ushbu soʻzga — Qurʼonga iymon keltirmasalar, ehtimol siz ularning ortidan, afsus-nadomat bilan oʻzingizni halok qilursiz (bundoq qilmoq sizga noravodir).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар улар ушбу сўзга — Қуръонга иймон келтирмасалар, эҳтимол сиз уларнинг ортидан, афсус-надомат билан ўзингизни ҳалок қилурсиз (бундоқ қилмоқ сизга нораводир).
Yaʼni, mushriklar Qurʼonga iymon keltirmasalar, ularga afsuslanib, oʻzingni oʻzing qiynarsan? Yoʻq, bunday qilma. Ular bunga arzimaydilar. Ular uchun afsus chekma, xafa ham boʻlma. Ular bu dunyoning ziynatiga berilib yuraversinlar.