إِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى ٱلْأَرْضِ زِينَةً لَّهَا لِنَبْلُوَهُمْ أَيُّهُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari go`zalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qo`yganmiz.Биз ер юзидаги нарсаларни, уларнинг қайсилари гўзалроқ амал қилишини синаш учун, зебу зийнат қилиб қўйганмиз.Alauddin Mansour: Albatta, Biz (bandalarimizdan) qaysilari chiroyliroq amallarni qilishlarini sinamoq uchun Yer ustidagi bor narsani unga ziynat — bezak qilib qoʻydik (yaʼni, oʻsha bezaklarga aldanib, magʻrurlanib qolmagan kishilargina Bizning sinovimizdan oʻturlar).Албатта, Биз (бандаларимиздан) қайсилари чиройлироқ амалларни қилишларини синамоқ учун Ер устидаги бор нарсани унга зийнат — безак қилиб қўйдик (яъни, ўша безакларга алданиб, мағрурланиб қолмаган кишиларгина Бизнинг синовимиздан ўтурлар).
Yer yuzidagi hamma narsa besh kunlik dunyoning zebu ziynati, xolos. Hech biri boqiy emas. Ana oʻsha zebu-ziynatlar–bandalardan qaysi birlari ularga berilib yoʻldan ozadilar-u, qaysi birlari ularni oʻtkinchi matoh bilib, yaxshi ishlar ketidan qolmay yuradi– sinash uchun qilingandir.