QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят8

وَإِنَّا لَجَـٰعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz uning yuzidagi narsalarni qup-quruq tuproqqa aylantirguvchimiz.Албатта, Биз унинг юзидаги нарсаларни қуп-қуруқ тупроққа айлантиргувчимиз.Alauddin Mansour: Hech shak-shubhasiz, uning (Yerning) ustidagi (bezaklar)ni sip-silliq, qup-quruq qilib (yoʻq qilib) qoʻyguvchi ham Bizdirmiz.Ҳеч шак-шубҳасиз, унинг (Ернинг) устидаги (безаклар)ни сип-силлиқ, қуп-қуруқ қилиб (йўқ қилиб) қўйгувчи ҳам Биздирмиз.

294-sahifa · 15-juz · 30-hizb294-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّاva albatta, Bizва албатта, Бизلَجَـٰعِلُونَaylantirguvchimizайлантиргувчимизمَاnarsalarniнарсаларниعَلَيْهَاuning yuzidagiунинг юзидагиصَعِيدًۭاtuproqqaтупроққаجُرُزًاqup-quruqқуп-қуруқ
TafsirТафсир

Yer yuzidagi ziynatlar qancha koʻp boʻlsa ham, oxir-oqibat hammasini qup-quruq tuproqqa aylantirishimiz bor. Ulardan hech bir foyda chiqmaydi. Bu dunyoda haqiqiy foydali narsa iymonu yaxshi amal, xolos.

Keyingi oyatdan Kahf egalari qissasi, yaʼni, iymonli kishilar uchun sinov yillari, ularning zebu ziynatga berilmay iymonlarini saqlashga uringanlari va oqibati nima boʻlgani haqidagi qissa keltiriladi: