وَدَخَلَ جَنَّتَهُۥ وَهُوَ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ قَالَ مَآ أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَـٰذِهِۦٓ أَبَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`z bog`iga kirar ekan, o`ziga zulm qilgan holida: «Men buni hech qachon yo`q bo`ladi, deb o`ylamasman.У ўз боғига кирар экан, ўзига зулм қилган ҳолида: «Мен буни ҳеч қачон йўқ бўлади, деб ўйламасман.Alauddin Mansour: Va (kofirlik bilan) oʻziga zulm qilgan holda, bogʻiga kirar ekan, aytdi: «Bu (bogʻ — mening molu davlatim) hech qachon yoʻq boʻlmaydi.Ва (кофирлик билан) ўзига зулм қилган ҳолда, боғига кирар экан, айтди: «Бу (боғ — менинг молу давлатим) ҳеч қачон йўқ бўлмайди.
Kofirning holi shu: besh kunlik dunyoning hoyi havasini abadiy deb oʻylaydi. Unga Alloh tomonidan sinash uchun berilgan dunyo matohlarini oʻziga faxr deb biladi va dunyo shundan iborat deb gumon qiladi. Oʻziga Alloh taolo tomonidan berilgan neʼmatlarni koʻrgan kofir ularga shukr qilish oʻrniga,
«Men buni hech qachon yoʻq boʻladi, deb oʻylasman», deydi.
Uning fikricha, oʻzi ham, molu dunyosi ham bu dunyoda abadiy turar ekan. Bu fikri uning oʻziga oʻzi zulm qilganidir. Chunki, ayni shu fikr uni kofirlikka va osiylikka chorlaydi. Holbuki, uning molumulki dunyoning oʻtkinchi matohi, oʻzi esa, besh kunlik dunyoning arzimas mehmoni edi. Lekin iymoni boʻlmagandan keyin, oʻlishini oʻylamagandan keyin, odam bolasi shu holga tushadi. U nafaqat molu mulkim yoʻq boʻlmaydi, degan daʼvoni, balki undan kattarogʻini ham qiladi. Mana, oʻsha ikki bogʻga sohib boʻlgan kofirning gapining davomiga eʼtibor bering-a, u yana nimalarni daʼvo qilmoqda: