وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةً وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَىٰ رَبِّى لَأَجِدَنَّ خَيْرًا مِّنْهَا مُنقَلَبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qiyomat qoim bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi.Қиёмат қоим бўлмаса керак, деб ўйлайман. Агар Роббимга қайтарилсам ҳам, албатта, бундан яхши оқибатни топаман», деди.Alauddin Mansour: Va Qiyomat ham qoyim boʻlmaydi, deb oʻylayman. Qasamki, agar Parvardigorimga qaytarilsam, (yaʼni, Qiyomat qoyim boʻlib, qayta tirilsam), albatta, bundan ham yaxshiroq oqibat — baxtni topurman».Ва Қиёмат ҳам қойим бўлмайди, деб ўйлайман. Қасамки, агар Парвардигоримга қайтарилсам, (яъни, Қиёмат қойим бўлиб, қайта тирилсам), албатта, бундан ҳам яхшироқ оқибат — бахтни топурман».
Molu dunyo hirsi kofirni gʻururga ketkazadi. U hamma narsa koʻz oldimda, bundan boshqasi boʻlmasa kerak, deb gumon qiladi. Hatto:
«Qiyomat qoim boʻlmasa kerak, deb oʻylayman», deydi.
Qiyomatga ishonish molu dunyo ila faxrlanmaslikni, xayr-ehsonlar qilishni, Allohga iymon keltirib, Unga ibodat etib, halol yurish va halol turishni taqozo etadi. Dunyo hirsiga berilgan kofir esa, buni xohlamaydi. U molu dunyo, zebu ziynat, xizmatchi va yugurdaklarga shunchalik berilganki, ularni doimo oʻzi bilan birga hamda oʻzining ajralmas hamrohi deb oʻylaydi. Mabodo, farazan, qiyomat qoim boʻlib:
«Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», deydi.
Kofirning gumonicha, hamma narsada, hatto oxirat hisob-kitobida ham molu dunyo bosh oʻrinni tutadi. Bu dunyoda u nozu neʼmat, molu dunyo ichida qanday yashagan boʻlsa, demak, u dunyoda ham shunday boʻlishi kerak. Bunga uning ishonchi komil, shuning uchun ham, u «albatta» deb taʼkid va ishonch bilan gapirmoqda.
Kofirlar nazdida, hamma narsani mol-dunyo, boylik, mansab hal qiladi. Hatto oxirat ishi ham shunga qarab hal etilishi kerak. Ushbu qissadagi ularning namoyondasi, ikki bogʻning egasi boʻlgan kofir ham shuni daʼvo qilmoqda. Moʻmin sherigi oldida faxrlanib, u bilan boʻlgan suhbatda yuqoridagi fikrlarni aytmoqda.