وَلَوْلَآ إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَآءَ ٱللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ إِن تَرَنِ أَنَا۠ أَقَلَّ مِنكَ مَالًا وَوَلَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bog`ingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo`q», desayding. Agar meni o`zingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...Боғингга кирганингда: «Аллоҳнинг хоҳлагани, Аллоҳдан бошқада қувват йўқ», десайдинг. Агар мени ўзингдан молу дунё ва бола-чақа жиҳатидан кам деб билсанг...Alauddin Mansour: Sen bogʻingga kirgan paytingda: «Alloh xohlagan narsagina (boʻlur), bor kuch-quvvat yolgʻiz Alloh bilandir», desang edi! Agar sen meni mol-davlat va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.Сен боғингга кирган пайтингда: «Аллоҳ хоҳлаган нарсагина (бўлур), бор куч-қувват ёлғиз Аллоҳ биландир», десанг эди! Агар сен мени мол-давлат ва бола-чақа жиҳатидан ўзингдан камроқ деб билсанг.
Ey, kofir, sen faxrlanayotgan bogʻni senga Alloh bergan, agar Alloh bermaganida, sening qoʻlingdan hech narsa kelmas edi. Shuning uchun, bogʻingga kirsang:
«Mashaallohu, la quvvata illa billahi»–
«Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yoʻq», desayding».
Bunday deyishing senga neʼmat bergan Zotni tan olishingni va Uning quvvatiga ishonishingni bildiradi. Shu bilan birga, ojizligingni ham tan olishing boʻladi. Ana shunda senga Alloh bergan neʼmat ham bardavom boʻladi.
Shu oyat maʼnosiga binoan musulmonlar oʻzlarini ajablantiradigan, xursand qiladigan bir narsani koʻrsalar yoki eshitsalar, xabar topsalar: «Mashaalloh», deydilar. Bu ham musulmon inson madaniyatining belgisidir.
Moʻmin kishi kofirga molu dunyo, bola-chaqa bilan faxrlanish notoʻgʻriligi sababini batafsil tushuntirib beradi.
«Agar meni oʻzingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...»
Agar shu bilan ustimdan kulib faxrlanayotgan boʻlsang, bekor qilasan. Bilib qoʻygin:
«...shoyad, Robbim menga sening bogʻingdan yaxshirogʻini bersa...»
Senga bergan Xudo menga ham beradi. Sen ham odamsan, men ham odamman. Bugun senga bogʻ ato qilgan Alloh ertaga menga senikidan yaxshiroq bogʻ berishi mumkin. Unda sen nima degan odam boʻlasan?! Yoki:
«...sening bogʻingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa...»
Hech narsa oʻsmaydigan boʻlib qolsa, nima qilasan?
«...yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir boʻlmay qolsang» nima boʻladi?!
Bunday boʻlishi hech gap emas. Molu dunyosi bilan faxrlanib yurganlarning bir zumda molu dunyolaridan ayrilib, xoru zor boʻlib qolayotganlari har qadamda uchrab turibdi. Bogʻu rogʻ, molu dunyo bergan Alloh bir zumda olib qoʻyishga ham qodir. Shunday boʻldi ham: