لَّـٰكِنَّا۠ هُوَ ٱللَّهُ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِرَبِّىٓ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lekin men: «U Alloh mening Robbimdir va Unga hech kimni sherik qilmayman», deyman.Лекин мен: «У Аллоҳ менинг Роббимдир ва Унга ҳеч кимни шерик қилмайман», дейман.Alauddin Mansour: Men esa: «U – Alloh Parvardigorimdir», (deyman) va Parvardigorimga hech kimni sherik qilmayman.Мен эса: «У – Аллоҳ Парвардигоримдир», (дейман) ва Парвардигоримга ҳеч кимни шерик қилмайман.
Sen, ey, kofir, nima desang, deyaver. Ammo men oʻsha, bizni yoʻqdan bor qilgan, avval tuproqdan, soʻngra nutfadan yaratgan, keyin inson oʻlaroq rostlagan zotni–Allohni Robbim–yaratuvchim, rizq beruvchi va tarbiyachim deb bilaman. Unga iymon keltiraman va Unga hech bir narsani shirk keltirmayman.
Kofir molu dunyo, xizmatkor va bola-chaqasi bilan faxrlangan boʻlsa, moʻmin iymoni, tavhidi ila faxrlanmoqda. Kelgusi oyatda moʻmin inson nonkoʻr, beodob kofirga insof qilib odobli boʻlishni maslahat bermoqda: