QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят41

أَوْ يُصْبِحَ مَآؤُهَا غَوْرًا فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُۥ طَلَبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir bo`lmay qolsang», dedi.Ёки суви ерга сингиб кетиб, сен уни талаб қилишга қодир бўлмай қолсанг», деди.Alauddin Mansour: Yoki uning suvi (yerga singib ketib, sen u)ni istab ham topa olmay qolursan».Ёки унинг суви (ерга сингиб кетиб, сен у)ни истаб ҳам топа олмай қолурсан».

298-sahifa · 15-juz · 30-hizb298-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиيُصْبِحَboʻlib qolsaбўлиб қолсаمَآؤُهَاuning suviунинг сувиغَوْرًۭاyerga singib ketganерга сингиб кетганفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасتَسْتَطِيعَqodir boʻlasanқодир бўласанلَهُۥuniуниطَلَبًۭاtalab qilishgaталаб қилишга
TafsirТафсир

Ey, kofir, sen faxrlanayotgan bogʻni senga Alloh bergan, agar Alloh bermaganida, sening qoʻlingdan hech narsa kelmas edi. Shuning uchun, bogʻingga kirsang:

«Mashaallohu, la quvvata illa billahi»–

«Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yoʻq», desayding».

Bunday deyishing senga neʼmat bergan Zotni tan olishingni va Uning quvvatiga ishonishingni bildiradi. Shu bilan birga, ojizligingni ham tan olishing boʻladi. Ana shunda senga Alloh bergan neʼmat ham bardavom boʻladi.

Shu oyat maʼnosiga binoan musulmonlar oʻzlarini ajablantiradigan, xursand qiladigan bir narsani koʻrsalar yoki eshitsalar, xabar topsalar: «Mashaalloh», deydilar. Bu ham musulmon inson madaniyatining belgisidir.

Moʻmin kishi kofirga molu dunyo, bola-chaqa bilan faxrlanish notoʻgʻriligi sababini batafsil tushuntirib beradi.

«Agar meni oʻzingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...»

Agar shu bilan ustimdan kulib faxrlanayotgan boʻlsang, bekor qilasan. Bilib qoʻygin:

«...shoyad, Robbim menga sening bogʻingdan yaxshirogʻini bersa...»

Senga bergan Xudo menga ham beradi. Sen ham odamsan, men ham odamman. Bugun senga bogʻ ato qilgan Alloh ertaga menga senikidan yaxshiroq bogʻ berishi mumkin. Unda sen nima degan odam boʻlasan?! Yoki:

«...sening bogʻingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa...»

Hech narsa oʻsmaydigan boʻlib qolsa, nima qilasan?

«...yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir boʻlmay qolsang» nima boʻladi?!

Bunday boʻlishi hech gap emas. Molu dunyosi bilan faxrlanib yurganlarning bir zumda molu dunyolaridan ayrilib, xoru zor boʻlib qolayotganlari har qadamda uchrab turibdi. Bogʻu rogʻ, molu dunyo bergan Alloh bir zumda olib qoʻyishga ham qodir. Shunday boʻldi ham: