وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِۦ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَىٰ مَآ أَنفَقَ فِيهَا وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَـٰلَيْتَنِى لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّىٓ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uning mevasi (halokat-la) o`raldi. O`zi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bog`ida ishkomlar yiqilib yotganini ko`rib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi.Ва унинг меваси (ҳалокат-ла) ўралди. Ўзи эса, унга сарф қилгани ҳасратидан чапак чалиб, боғида ишкомлар йиқилиб ётганини кўриб: «Қани энди Роббимга ҳеч кимни шерик қилмаганимда», деб қолаверди.Alauddin Mansour: (Darhaqiqat), uning meva-bogʻi halok qilindi. Oʻzi esa huvillab qolgan ishkomlarini (koʻrib) va ularga sarflagan narsalarini (oʻylab), chapak chalganicha (afsus-nadomat chekkanicha): «Qani edi, men ham Parvardigorimga hech kimni sherik qilmaganimda!», deb qolaverdi.(Дарҳақиқат), унинг мева-боғи ҳалок қилинди. Ўзи эса ҳувиллаб қолган ишкомларини (кўриб) ва уларга сарфлаган нарсаларини (ўйлаб), чапак чалганича (афсус-надомат чекканича): «Қани эди, мен ҳам Парвардигоримга ҳеч кимни шерик қилмаганимда!», деб қолаверди.
Alloh uchun qiyin ish yoʻq. Oʻsha kofirning maqtanishiga, faxrlanishiga va kufriga sabab boʻlgan bogʻini bir zumda falokatga uchratdi.
«Va uning mevasi (halokat-la) oʻraldi.»
Bogʻdan nom-nishon qolmadi. Mevalari barbod boʻldi. Ishkomlar yiqilib, hammayoq huvillab qoldi. Kofirning oʻzi esa: «Attang, bu bogʻni shu holga keltirguncha qanchadan-qancha sarf-harajat qilgan edim», deb hasratidan chapak chalib qolaverdi.
«Oʻzi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bogʻida ishkomlar yiqilib yotganini koʻrib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi».
Boshiga musiybat yetganda oʻziga keldi. Koʻzi ochildi. Allohga shirk keltirmaslik kerakligini tushunib yetdi. Garchi u tili bilan shirk kalimasini aytmagan boʻlsa-da, eʼtiqodi, qilgan ishlari, niyati ila mushrik boʻlgan edi. Unga neʼmat bergan Zotni tanimagan edi. U molu dunyosi bilan faxrlanib yurardi. Mol-dunyo boʻlsa, hamma narsa boʻlaveradi, deb oʻylardi. Hatto oxiratda ham mol-dunyoga qarab muomala qilinadi, deb ishonardi. Kofir bola-chaqa, xizmatkorlar va ishchilarning koʻpligi bilan obroʻ oʻlchardi. Agar ular koʻp boʻlsa, har qanday qiyinchilikdan ularning yordamida qutulib ketiladi, deb gumon qilardi. Mana endi boshiga musiybat kelib: