قَالَ ذَٰلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ ۚ فَٱرْتَدَّا عَلَىٰٓ ءَاثَارِهِمَا قَصَصًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yo`llaridan izlariga qaytdilar.«Ана шу биз истаган нарса», деди. Бас, келган йўлларидан изларига қайтдилар.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «Mana shu biz istagan narsadir». Soʻng uni (Xizirni) izlab ortlariga qaytdilar.(Мусо) деди: «Мана шу биз истаган нарсадир». Сўнг уни (Хизирни) излаб ортларига қайтдилар.
Yigit baliqni unutib qoʻyganini, u esa, dengizga yoʻl olib ketganini aytishi bilan Muso alayhissalomning:
«Ana shu biz istagan narsa», deyishlari, shuni kutib yurgan edik-ku, degan maʼnoni bildiradi. Chunki, Muso alayhissalom baliq jonlanib, suvga tushib suzib ketgan joyda izlab yurgan narsalarini topar edilar. Shuning uchun, baliqning yoʻqolib qolganini eshitganlarida xafa boʻlmadilar, sevindilar. Hamda oʻsha baliq suvga tushib, suzib ketgan joyni topish uchun yigit bilan birgalikda izlariga qaytdilar. Qaytib borib, oʻsha belgili joyda: