QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят65

فَوَجَدَا عَبْدًا مِّنْ عِبَادِنَآ ءَاتَيْنَـٰهُ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَعَلَّمْنَـٰهُ مِن لَّدُنَّا عِلْمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga O`z dargohimizdan rahmat va O`z tarafimizdan ilm o`rgatgan edik.Бас, бандаларимиздан бир бандани топдилар. Биз унга Ўз даргоҳимиздан раҳмат ва Ўз тарафимиздан илм ўргатган эдик.Alauddin Mansour: Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat (yaʼni, paygʻambarlik) ato etgan va Oʻz huzurimizdan ilm bergan edik.Бас, бандаларимиздан бир бандани топдиларки, Биз унга Ўз даргоҳимиздан раҳмат (яъни, пайғамбарлик) ато этган ва Ўз ҳузуримиздан илм берган эдик.

301-sahifa · 15-juz · 30-hizb301-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَجَدَاbas, ikkovlon topdilarбас, икковлон топдиларعَبْدًۭاbir bandaniбир банданиمِّنْ-dan-данعِبَادِنَآbandalarimizбандаларимизءَاتَيْنَـٰهُunga bergan edikунга берган эдикرَحْمَةًۭrahmatраҳматمِّنْ-dan-данعِندِنَاOʻz dargohimizЎз даргоҳимизوَعَلَّمْنَـٰهُva unga oʻrgatgan edikва унга ўргатган эдикمِن-dan-данلَّدُنَّاOʻz tarafimizЎз тарафимизعِلْمًۭاilmилм
TafsirТафсир

U yerda Muso alayhissalom oʻzlaridan ilmliroq solih bandani koʻrdilar. Bu bandaga Alloh taolo Oʻz dargohidan rahmat ato etgan hamda unga Oʻz tarafidan ilm oʻrgatgan edi. Bu ilm Muso alayhissalom biladigan ilmdan boshqacha ilm edi. Shu bois, Muso alayhissalom oʻsha solih bandadan ilm oʻrganish uchun uni izlab yoʻlga chiqqan edilar. Uni koʻrishlari bilan: