قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰ هَلْ أَتَّبِعُكَ عَلَىٰٓ أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمْتَ رُشْدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso unga: «Senga o`rgatilgan rushddan menga ham o`rgatmog`ing uchun senga ergashsam maylimi?» – dedi.Мусо унга: «Сенга ўргатилган рушддан менга ҳам ўргатмоғинг учун сенга эргашсам майлими?» – деди.Alauddin Mansour: Muso unga: «Senga bildirilgan bilimdan, menga ham Toʻgʻri Yoʻlni taʼlim berishing uchun senga ergashsam maylimi?», dedi.Мусо унга: «Сенга билдирилган билимдан, менга ҳам Тўғри Йўлни таълим беришинг учун сенга эргашсам майлими?», деди.
Muso alayhissalom ulkan Paygʻambar boʻlishlariga qaramay, oʻzlaridan koʻra ilmliroq, oʻzlariga ustoz boʻlishi mumkin boʻlgan kishiga oʻta odob bilan murojaat qilib, unga shogird tushishni soʻradilar.