فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا رَكِبَا فِى ٱلسَّفِينَةِ خَرَقَهَا ۖ قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا إِمْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo`ydi. U (Muso): «Buni uning ahlini g`arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g`alati narsa qilding-ku?!» – dedi.Бас, юриб кетдилар. Кемага минганларида, уни тешиб қўйди. У (Мусо): «Буни унинг аҳлини ғарқ қилиш учун тешдингми?! Жуда ғалати нарса қилдинг-ку?!» – деди.Alauddin Mansour: Bas, ikkov yoʻlga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizir kemani) teshib qoʻydi. (Muso) aytdi: «Uni odamlarni gʻarq qilish uchun teshdingmi?!»Бас, икков йўлга тушдилар. То бориб бир кемага минишлари билан (Хизир кемани) тешиб қўйди. (Мусо) айтди: «Уни одамларни ғарқ қилиш учун тешдингми?!»
Solih banda bilan Muso alayhissalom borib kemaga mindilar. Suzib ketayotib, solih banda kemani teshib qoʻydi.
«Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qoʻydi.»
Sirtdan qaraganda, uning ishi ajablanarli edi. Kema ularning hojatini chiqarayotibdi, kemada boshqa odamlar ham bor, ammo solih banda kemani teshib qoʻydi. Muso alayhissalom bu gʻalati ishga hayratlanib, unga:
«Buni uning ahlini gʻarq qilish uchun teshdingmi?! Juda gʻalati narsa qilding-ku?!» – dedi».
Albatta, odamlarni ortib borayotgan kemani birov teshsa, dastlab, demak uning maqsadi odamlarni gʻarq qilish ekan-da, degan oʻy keladi. Muso alayhissalomning xayollariga ham darhol shu fikr keldi. Uni darhol solih bandaga aytdilar.
Muso alayhissalomning mazkur savollariga javoban: