حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًا ۗ قُلْنَا يَـٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini ko`rdi va uning oldida bir qavmni ko`rdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki go`zallik-la tutarsan», dedik.То қуёш ботиш жойига етганида, унинг қора балчиқ булоққа ботаётганини кўрди ва унинг олдида бир қавмни кўрди. Биз: «Эй Зул-қарнайн, ё уларни азоблайсан, ёки гўзаллик-ла тутарсан», дедик.Alauddin Mansour: To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach, u (quyoshning) bir loyqa buloqqa botayotganini koʻrdi va u (buloq) oldida bir qavmni uchratdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo (ularni) azobga duchor qilursan, yoki ularga yaxshi muomalada boʻlursan», dedik.То (кетаётиб) кун ботадиган жойга етгач, у (қуёшнинг) бир лойқа булоққа ботаётганини кўрди ва у (булоқ) олдида бир қавмни учратди. Биз: «Эй Зул-қарнайн, ё (уларни) азобга дучор қилурсан, ёки уларга яхши муомалада бўлурсан», дедик.
Zulqarnayn gʻarbga qarab yurib borar edi. U quyosh botadigan joyga yetdi. Yaʼni, katta botqoqlikka oʻxshagan suvli bepoyon joyga yetdi. Unga quyosh oʻsha kenglikda botadigan boʻlib koʻrindi.
«To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini koʻrdi...» jumlasidan shu fahmlanadi. Ayni damda, Zulqarnayn:
«... uning oldida bir qavmni koʻrdi».
Yaʼni, oʻsha qora balchiqli buloq oldida bir qavmni koʻrdi.
«Biz: «Ey Zulqarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki goʻzallik-la tutarsan», dedik.»
Alloh bu gapni Zulqarnaynga qanday aytganini Oʻzi biladi. Vahiy orqali aytdimi, ilhom qildimi? Lekin oʻsha qavm boʻyicha qaror qabul qilishni–xohlasa, azoblab, xohlasa, yaxshilik etishni uning ixtiyoriga qoʻydi.
Zulqarnayn ularga boʻladigan munosabatni quyidagicha bayon qildi: