QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят87

قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا نُّكْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Kim zulm qilgan bo`lsa, tezda uni azoblarmiz, so`ngra, Robbiga qaytarilar, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.У: «Ким зулм қилган бўлса, тезда уни азоблармиз, сўнгра, Роббига қайтарилар, бас, У зот ҳам уни мункар азоб ила азоблар.Alauddin Mansour: U aytdi: «Zolim boʻlgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. Soʻngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot uni yana dahshatli azob bilan azoblar.У айтди: «Золим бўлган кимсани, албатта, азоблагаймиз. Сўнгра Парвардигорига қайтарилгач, У зот уни яна даҳшатли азоб билан азоблар.

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиأَمَّاammoаммоمَنkimкимظَلَمَzulm qilgan boʻlsaзулм қилган бўлсаفَسَوْفَbas, tezdaбас, тездаنُعَذِّبُهُۥuni azoblaymizуни азоблаймизثُمَّsoʻngraсўнграيُرَدُّqaytarilarқайтариларإِلَىٰ-ga-гаرَبِّهِۦRobbigaРоббигаفَيُعَذِّبُهُۥbas, U uni azoblaydirбас, У уни азоблайдирعَذَابًۭاazob ilaазоб илаنُّكْرًۭاmunkar (dahshatli)мункар (даҳшатли)
TafsirТафсир

Zulqarnayn moʻmin boʻlgani uchun moʻmin hokimlarga xos hukmni eʼlon qildi:

«Kim zulm qilgan boʻlsa, tezda uni azoblarmiz...»

Zulm koʻp narsalarni, jumladan, kufr, fisqu fasod, tajovuzkorlik va barcha yomonliklarni ichiga oladi. Demak, moʻmin podshoh yomonlik qilganlarni jazolaydi.

«...soʻngra, Robbiga qaytariladi, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.»

Yaʼni, bu dunyoda moʻmin podshoh tomonidan azoblangan zolimlar u dunyoda Alloh taoloning juda qattiq azobiga duchor boʻladilar.