QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят88

وَأَمَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَسَنَقُولُ لَهُۥ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga go`zal mukofot bordir va unga o`z ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.Аммо, иймон келтириб яхши амаллар қилганларга эса, уларга гўзал мукофот бордир ва унга ўз ишимиздан осонини айтурмиз», деди.Alauddin Mansour: Endi iymon keltirib yaxshi amallar qilgan zotga kelsak, uning uchun goʻzal oqibat — jannat mukofot boʻlur. Biz ham unga ishimizdan oson-yengillarini buyururmiz».Энди иймон келтириб яхши амаллар қилган зотга келсак, унинг учун гўзал оқибат — жаннат мукофот бўлур. Биз ҳам унга ишимиздан осон-енгилларини буюрурмиз».

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَمَّاva ammoва аммоمَنْkimкимءَامَنَiymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلَva qilganва қилганصَـٰلِحًۭاyaxshi amalяхши амалفَلَهُۥbas, ungaбас, унгаجَزَآءًmukofot bordirмукофот бордирٱلْحُسْنَىٰ ۖgoʻzalгўзалوَسَنَقُولُva ayturmizва айтурмизلَهُۥungaунгаمِنْ-dan-данأَمْرِنَاoʻz ishimizўз ишимизيُسْرًۭاosoniniосонини
TafsirТафсир

Avval oʻtgan oyatda, zulm qilgan, kufr keltirganlarning oqibatini bayon etib boʻlinganidan soʻng, endi ushbu oyati karimada moʻmin bandalarning oqibati qandoq boʻlishi haqida soʻz ketmoqda:

«Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga goʻzal mukofot bordir...»

Yaʼni, jannat bordir. U, qiyomat kuni Allohning huzurida boʻladi.

«...va unga oʻz ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.»

Yaʼni, podshohning huzurida ham yaxshilik, osonlik boʻladi. Islom hukmi shu. Yaxshiga yaxshilik, yomonga yomonlik ravo koʻriladi. Har kim qilganiga yarasha oladi.