حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَىٰ قَوْمٍ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini ko`rdi. Ularga u(quyosh)dan to`siq bo`ladigan narsa qilmagan edik.То қуёш чиқиш жойига етганида, унинг бир қавм устидан чиқаётганини кўрди. Уларга у(қуёш)дан тўсиқ бўладиган нарса қилмаган эдик.Alauddin Mansour: To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm ustiga chiqayotganini (koʻtarilayotganini) koʻrdiki, Biz u (qavm) uchun quyoshdan (saqlanadigan uy libos kabi) biron parda qilmagan edik.То (кетаётиб) кун чиқишга етиб боргач, унинг (қуёшнинг) бир қавм устига чиқаётганини (кўтарилаётганини) кўрдики, Биз у (қавм) учун қуёшдан (сақланадиган уй либос каби) бирон парда қилмаган эдик.
Yaʼni, Zulqarnayn magʻribdan qaytib mashriqqa qarab yurib ketayotib, quyosh chiqadigan joyga yetdi.
«To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini koʻrdi.»
Quyosh chiqish joyidagi koʻringan narsa quyosh botishi joyidagi koʻringan narsalarga oʻxshardi. U yer ham keng, toʻsiqsiz joy ekanligiga oyatdagi:
«Ularga u(quyosh)dan toʻsiq boʻladigan narsa qilmagan edik» jumlasi dalolat qiladi.
Yaʼni, Zulqarnayn quyosh chiqish joyida koʻrgan qavmni quyoshdan hech narsa, yaʼni, togʻu tosh ham, dov-daraxt ham toʻsmas edi.