QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят93

حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيْنَ ٱلسَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: To ikki tog` orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni ko`rdi.То икки тоғ орасига етганида, уларнинг ортида бирон гапни англамайдиган қавмни кўрди.Alauddin Mansour: To (ketayotib) ikki togʻ oʻrtasiga yetib kelgach, u (togʻlar ortida) biron gapni anglay olmaydigan qavmni uchratdi.То (кетаётиб) икки тоғ ўртасига етиб келгач, у (тоғлар ортида) бирон гапни англай олмайдиган қавмни учратди.

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
حَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиبَلَغَyetganidaетганидаبَيْنَorasigaорасигаٱلسَّدَّيْنِikki togʻикки тоғوَجَدَkoʻrdiкўрдиمِن-dan-данدُونِهِمَاularning ortidaуларнинг ортидаقَوْمًۭاbir qavmniбир қавмниلَّاemasэмасيَكَادُونَdeyarliдеярлиيَفْقَهُونَanglaydilarанглайдиларقَوْلًۭاbiron gapniбирон гапни
TafsirТафсир

Zulqarnayn borgan ikki togʻ orasining aniq nomini aytish qiyin. Zotan, Qurʼoni Karimning bunday odati ham yoʻq. Ayrim tayin qilganlar ham taxminga asoslanadilar, xolos. Biz uchun muhimi–Zulqarnaynning yana bir tomonni oʻziga qaratgani, u yerda ham bir qavmni topganidir. U qavm gap tushunmaydi. Ehtimol, juda qoloqdir.

Ammo, Zulqarnaynning shon-shavkatini, askarlari va imkoniyatlarini koʻrgan haligi qavm undan foyda olishlariga koʻzlari yetdi va undan oʻzlarining hojatlari uchun yordam soʻrashga shoshildilar.