QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят94

قَالُوا۟ يَـٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَىٰٓ أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Ya'juj va Ma'juj yer yuzida buzg`unchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to`siq qilib berurmisan?» – dedilar.Улар: «Эй Зулқарнайн, албатта, Яъжуж ва Маъжуж ер юзида бузғунчилик қилгувчилардир. Биз сенга харож берсак, биз билан уларнинг орасида тўсиқ қилиб берурмисан?» – дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Ey Zul-qarnayn, shak-shubhasiz, (shu togʻlar ortidagi) Yaʼjuj va Maʼjuj (qabilalari) Yer yuzida buzgʻunchilik qilguvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) toʻlov toʻlasak, (bilan ularning oʻrtasiga bir sad chekib (bir toʻgʻon qurib) berurmisan?», dedilar.Улар: «Эй Зул-қарнайн, шак-шубҳасиз, (шу тоғлар ортидаги) Яъжуж ва Маъжуж (қабилалари) Ер юзида бузғунчилик қилгувчилардир. Бизлар сенга бир (миқдор) тўлов тўласак, (билан уларнинг ўртасига бир сад чекиб (бир тўғон қуриб) берурмисан?», дедилар.

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟ular dedilarулар дедиларيَـٰذَاey Zulqarnaynэй ЗулқарнайнٱلْقَرْنَيْنِZulqarnaynЗулқарнайнإِنَّalbattaалбаттаيَأْجُوجَYaʼjujЯъжужوَمَأْجُوجَva Maʼjujва Маъжужمُفْسِدُونَbuzgʻunchilik qilguvchilardirбузғунчилик қилгувчилардирفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَهَلْbas, ...miбас, ...миنَجْعَلُbiz bersakбиз берсакلَكَsengaсенгаخَرْجًاxarojхарожعَلَىٰٓuchunучунأَن-ni-ниتَجْعَلَqilib berishingқилиб беришингبَيْنَنَاoramizdaорамиздаوَبَيْنَهُمْva ularning orasidaва уларнинг орасидаسَدًّۭاtoʻsiqтўсиқ
TafsirТафсир

Oʻsha ikki togʻ orasidagi biron gapni anglamaydigan qavm Zulqarnaynga Yaʼjuj va Maʼjujdan shikoyat etdilar. Ularning yer yuzidagi buzgʻunchiliklaridan arz qildilar.

«Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Yaʼjuj va Maʼjuj yer yuzida buzgʻunchilik qilguvchilardir...»

Yaʼjuj va Maʼjuj haqida ham juda koʻp gaplar bor. Bu ham taxminiy gaplardan iboratdir. Biz esa, oʻz odatimizcha, Qurʼoni Karimdagi maʼlumotlar bilan kifoyalanamiz. Shunisi xayrli.

«Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida toʻsiq qilib berurmisan?» – dedilar.»

Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj toʻplab bersak, oʻsha Yaʼjuj va Maʼjujlar bilan bizning oramizga toʻsiq qurib berasanmi, deb soʻradilar. Shu bilan ularning hujumlaridan, buzgʻunchiliklaridan qutulmoqchi boʻldilar. Zulqarnayn ularning bu savoliga odob bilan javob berdi: