QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят95

قَالَ مَا مَكَّنِّى فِيهِ رَبِّى خَيْرٌ فَأَعِينُونِى بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.У: «Роббим менга берган имконият яхшидир. Бас, сиз менга куч ила ёрдам беринг. Сиз билан уларнинг орасида бир девор қилажакман.Alauddin Mansour: U (Zul-qarnayn) aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning oʻrtasiga bir devor bino qilay.У (Зул-қарнайн) айтди: «Парвардигорим менга ато этган (салтанат) сизлар берадиган (мол-дунёдан) яхшироқдир. Бас, сизлар менга (мол-дунё билан эмас, балки) қувват билан ёрдам беринглар, мен сизлар билан уларнинг ўртасига бир девор бино қилай.

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиمَاnimakiнимакиمَكَّنِّىmenga imkoniyat berganменга имконият берганفِيهِundaундаرَبِّىRobbimРоббимخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирفَأَعِينُونِىbas, menga yordam beringбас, менга ёрдам берингبِقُوَّةٍkuch ilaкуч илаأَجْعَلْqilajakmanқилажакманبَيْنَكُمْorangizdaорангиздаوَبَيْنَهُمْva ularning orasidaва уларнинг орасидаرَدْمًاbir devorбир девор
TafsirТафсир

Zulqarnayn qavm taklif etgan xaroj pulini olmaslikka qaror qildi. Menga sizning xarojingizning keragi yoʻq: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir». Yaʼni, Alloh taolo menga yetarli molu dunyoni berib qoʻygan. «Bas, siz menga kuch ila yordam bering.» Yaʼni, ishchi kuchi bering. Oʻsha qurilishda ishlasin, dedi. «Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.» Biz «devor» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karimda «radm» deb kelgan. Bu soʻz ikki narsaning orasiga quriladigan toʻgʻon–toʻsiqdan koʻra kuchli va kattaroq alohida bir inshoot maʼnosini anglatadi. Soʻngra, Zulqarnayn oʻz soʻzida davom etib: