QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят96

ءَاتُونِى زُبَرَ ٱلْحَدِيدِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيْنَ ٱلصَّدَفَيْنِ قَالَ ٱنفُخُوا۟ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارًا قَالَ ءَاتُونِىٓ أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Nihoyat, ikki tog` tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi. Nihoyat, u(to`p temir)ni o`tga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi.Менга темир парчаларини келтиринг», деди. Ниҳоят, икки тоғ томонлари ила баробарлашганда: «Дам уринглар», деди. Ниҳоят, у(тўп темир)ни ўтга айлантиргач: «Олиб келинглар, устидан мис қуяман», деди.Alauddin Mansour: Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar». To (temir parchalari) ikkala togʻ bilan barobar boʻlgach, (Zul-qarnayn: «(Bosqonlar bilan) dam uringlar», dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) oʻt qilgach (eritgach), dedi: «Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, uni (temir parchalarining) ustidan quyurman.Сизлар менга темир парчаларини келтиринглар». То (темир парчалари) иккала тоғ билан баробар бўлгач, (Зул-қарнайн: «(Босқонлар билан) дам уринглар», деди. Бас, қачон у (темир-терсакларни қиздириб) ўт қилгач (эритгач), деди: «Менга эритилган мис (ҳам) келтиринглар, уни (темир парчаларининг) устидан қуюрман.

303-sahifa · 16-juz · 31-hizb303-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَاتُونِىmenga keltiringменга келтирингزُبَرَparchalariniпарчалариниٱلْحَدِيدِ ۖtemirтемирحَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиسَاوَىٰbarobarlashtirgandaбаробарлаштиргандаبَيْنَorasiniорасиниٱلصَّدَفَيْنِikki togʻ tomonlariикки тоғ томонлариقَالَdediдедиٱنفُخُوا۟ ۖdam uringlarдам урингларحَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиجَعَلَهُۥuni aylantirgachуни айлантиргачنَارًۭاoʻtgaўтгаقَالَdediдедиءَاتُونِىٓmenga olib kelinglarменга олиб келингларأُفْرِغْquyamanқуяманعَلَيْهِustidanустиданقِطْرًۭاmisмис
TafsirТафсир

Zulqarnayn mazkur qavm bilan Yaʼjuj va Maʼjuj orasida radm–ulkan va mustahkam toʻsiq qura boshladi. Dastlab:

«Menga temir parchalarini keltiring», dedi».

Yaʼni, odamlarni temir topib kelishga buyurdi. Ular olib kelgan temir parchalarini oʻsha ikki togʻ orasiga toʻplata boshladi.

«Nihoyat, ikki togʻ tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi.»

Yaʼni, temir parchalarini toʻplab-toʻplab, ikki togʻ orasini toʻldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar bilan dam urib, temirlarni qizitib, eritishga kirishdi.

«Nihoyat, u(toʻp temir)ni oʻtga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi.»

Yaʼni, ikki togʻ orasiga toʻplangan temirni bosqonlar bilan dam urib alangalatib, eritib, olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov boʻlib turgan temir ustidan quyaman, dedi.

Mis aralashgan temir yanada mustahkam boʻlishi yaqinda kashf etildi. Demak, oʻsha zamonda ham Zulqarnayn Alloh unga bergan ilm orqali bu sirni yaxshi bilgan va juda mustahkam devor qurib, haligi qavmning Yaʼjuj va Maʼjujning hujumlaridan saqlanishiga yordam bergan.