قَالَتْ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِٱلرَّحْمَـٰنِ مِنكَ إِن كُنتَ تَقِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Men Rohmandan sendan panoh berishini so`rayman. Agar taqvodor bo`lsang...» dedi.У: «Мен Роҳмандан сендан паноҳ беришини сўрайман. Агар тақводор бўлсанг...» деди.Alauddin Mansour: (Maryam unga): «Men Rahmonga (yaʼni, Allohga) sigʻinib, sendan panoh berishni iltijo qilurman. Agar (Allohdan) qoʻrquvchi boʻlsang (menga ziyon yetkazmagin)», dedi.(Марям унга): «Мен Раҳмонга (яъни, Аллоҳга) сиғиниб, сендан паноҳ беришни илтижо қилурман. Агар (Аллоҳдан) қўрқувчи бўлсанг (менга зиён етказмагин)», деди.
Maryam Jabroil alayhissalom erkak kishi sifatida xilvat joyda koʻrinishi bilan, darhol oʻz iffati haqida qaygʻurdi va unga Allohni eslatdi. Menga sening yomonliging yetishidan Allohdan panoh tilayman. Agar Allohdan qoʻrqsang, menga yaqinlashma, dedi. Taqvodor odam, Alloh taolo eslatilganda har qanday yovuzlikdan qaytadi. Jabroil alayhissalom Maryamning huzuriga Alloh tomonidan elchi boʻlib kelgan edi. Shuning xabarini berdi: