فَٱتَّخَذَتْ مِن دُونِهِمْ حِجَابًا فَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًا سَوِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular bilan o`zi orasida to`siq olganda, Biz unga O`z ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam bo`lib ko`rindi.Ва улар билан ўзи орасида тўсиқ олганда, Биз унга Ўз руҳимизни юбордик. Бас, у унга бус-бутун одам бўлиб кўринди.Alauddin Mansour: Va ulardan berkinib olgan paytida, Biz unga oʻz ruhimiz — (yaʼni, Jabroil)ni yubordik. Bas, u (Maryamga) bus-butun (roʻy-rost) odam boʻlib koʻrindi.Ва улардан беркиниб олган пайтида, Биз унга ўз руҳимиз — (яъни, Жаброил)ни юбордик. Бас, у (Марямга) бус-бутун (рўй-рост) одам бўлиб кўринди.
Yaʼni, ey Muhammad, bu kitobda (Qurʼonda) Maryamni esla. Uning gʻaroyib qissasini zikr et.
Qissa quyidagicha:
«U oʻz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda va ular bilan oʻzi orasida toʻsiq olganda...»
Baytul Maqdisda yashayotgan ozoda, bokira, taqvodor qiz Maryam qavmidan ajralib, shaharning sharqiy tomoniga yolgʻiz chiqdi. Nimaga chiqqanini Alloh biladi. Ehtimol, boʻyi yetgan qizlarga xos, birov sezishi mumkin boʻlmagan sirli ishi bordir. Xullas, oʻsha yerga chiqib, oʻzi va qavmi orasida toʻsiq oldi. Qavmidan hech kim Maryamni koʻrmaydigan boʻldi. U xoli va yolgʻiz qoldi. Shunda:
« Biz unga Oʻz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam boʻlib koʻrindi».
Yaʼni, farishta Jabroil alayhissalom Maryamga toʻla-toʻkis odam siymosida namoyon boʻldi. Alloh uni yaratgan asl holatida koʻrinmadi. Chunki, bus-butun holida koʻrinsa, Maryam butkul dahshatga tushishi mumkin edi.
Maryam Jabroilni koʻrishi bilan hushyor tortdi.