QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят16

وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ مَرْيَمَ إِذِ ٱنتَبَذَتْ مِنْ أَهْلِهَا مَكَانًا شَرْقِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobda Maryamni esla. U o`z ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda...Китобда Марямни эсла. У ўз аҳлидан шарқий маконга ажраб чиққанда...Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ushbu Kitobda (yaʼni, Qurʼonda) Maryamni zikr qiling: u oʻz ahli-oilasidan chetga — kun chiqar tomonga bordi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ушбу Китобда (яъни, Қуръонда) Марямни зикр қилинг: у ўз аҳли-оиласидан четга — кун чиқар томонга борди.

306-sahifa · 16-juz · 31-hizb306-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرْva eslaва эслаفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِKitobКитобمَرْيَمَMaryamniМарямниإِذِoʻshandaўшандаٱنتَبَذَتْajrab chiqqandaажраб чиққандаمِنْ-dan-данأَهْلِهَاoʻz ahliўз аҳлиمَكَانًۭاmakongaмаконгаشَرْقِيًّۭاsharqiyшарқий
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, bu kitobda (Qurʼonda) Maryamni esla. Uning gʻaroyib qissasini zikr et.

Qissa quyidagicha:

«U oʻz ahlidan sharqiy makonga ajrab chiqqanda va ular bilan oʻzi orasida toʻsiq olganda...»

Baytul Maqdisda yashayotgan ozoda, bokira, taqvodor qiz Maryam qavmidan ajralib, shaharning sharqiy tomoniga yolgʻiz chiqdi. Nimaga chiqqanini Alloh biladi. Ehtimol, boʻyi yetgan qizlarga xos, birov sezishi mumkin boʻlmagan sirli ishi bordir. Xullas, oʻsha yerga chiqib, oʻzi va qavmi orasida toʻsiq oldi. Qavmidan hech kim Maryamni koʻrmaydigan boʻldi. U xoli va yolgʻiz qoldi. Shunda:

« Biz unga Oʻz ruhimizni yubordik. Bas, u unga bus-butun odam boʻlib koʻrindi».

Yaʼni, farishta Jabroil alayhissalom Maryamga toʻla-toʻkis odam siymosida namoyon boʻldi. Alloh uni yaratgan asl holatida koʻrinmadi. Chunki, bus-butun holida koʻrinsa, Maryam butkul dahshatga tushishi mumkin edi.

Maryam Jabroilni koʻrishi bilan hushyor tortdi.