وَسَلَـٰمٌ عَلَيْهِ يَوْمَ وُلِدَ وَيَوْمَ يَمُوتُ وَيَوْمَ يُبْعَثُ حَيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga tug`ilgan kunida ham, o`ladigan kunida ham, qayta tiriladigan kunida ham salomlar bo`lsin.Унга туғилган кунида ҳам, ўладиган кунида ҳам, қайта тириладиган кунида ҳам саломлар бўлсин.Alauddin Mansour: Unga tugʻilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (Qiyomat) kunida ham tinchlik-omonlik boʻlur (yaʼni, u tugʻilish mashaqqatidan, oʻlim azobidan va Qiyomat Kunida doʻzaxga tushish xavfidan xolidir).Унга туғилган кунида ҳам, вафот этадиган кунида ҳам, қайта тириладиган (Қиёмат) кунида ҳам тинчлик-омонлик бўлур (яъни, у туғилиш машаққатидан, ўлим азобидан ва Қиёмат Кунида дўзахга тушиш хавфидан холидир).
Ibn Atiyyaning aytishlaricha, Alloh taolo Yahyo alayhissalomga inson farzandi eng zaif va yordamga muhtoj boʻladigan uch holatda, yaʼni, tugʻilgan, oʻladigan va qayta tiriladigan kunlarida salomatlik tiladi. Bu juda ulkan saodatdir.
Zikr etilgan oyatlarda keksa va pushtsiz ayol bilan uning suyaklari moʻrtlashib, sochlari oqarib ketgan cholidan farzand yaralishidek gʻaroyib hodisa bayon etilganidan soʻng, navbatdagi oyatlarda undan ham gʻaroyibroq hodisaning bayoni boshlanadi: