QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят23

فَأَجَآءَهَا ٱلْمَخَاضُ إِلَىٰ جِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ قَالَتْ يَـٰلَيْتَنِى مِتُّ قَبْلَ هَـٰذَا وَكُنتُ نَسْيًا مَّنسِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, to`lg`oq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: «Koshki, bundan oldin o`lsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.Бас, тўлғоқ уни хурмо танасига олиб борди. У: «Кошки, бундан олдин ўлсам эди ва бутунлай унутилиб кетсам эди», деди.Alauddin Mansour: Bas, toʻlgʻoq azobi uni bir xurmo daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda koʻzi yorigach), dedi: «Qani, mana shu (kundan) ilgari oʻlib ketsam-u, butunlay unutilib ketsam edi».Бас, тўлғоқ азоби уни бир хурмо дарахтининг шохига олиб борди (ва у шохга осилган ҳолда кўзи ёригач), деди: «Қани, мана шу (кундан) илгари ўлиб кетсам-у, бутунлай унутилиб кетсам эди».

306-sahifa · 16-juz · 31-hizb306-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَجَآءَهَاbas, uni olib bordiбас, уни олиб бордиٱلْمَخَاضُtoʻlgʻoqтўлғоқإِلَىٰ-ga-гаجِذْعِtanasiтанасиٱلنَّخْلَةِxurmoхурмоقَالَتْdediдедиيَـٰلَيْتَنِىkoshki edimкошки эдимمِتُّoʻlsamўлсамقَبْلَoldinолдинهَـٰذَاbundanбунданوَكُنتُva boʻlsam ediва бўлсам эдиنَسْيًۭاunutilgan narsaунутилган нарсаمَّنسِيًّۭاbutunlay unutilib ketganбутунлай унутилиб кетган
TafsirТафсир

Homilador boʻlib qolganidan hijolat boʻlib, odamlar koʻzidan qochib yurgan bokira Maryamni toʻlgʻoq tutdi. Uyat, andisha va xijolatpazliklarga toʻlgʻoq alami qoʻshildi. Boz ustiga, tajribasiz yosh qiz oʻzi yolgʻiz edi. Toʻlgʻoq azobi zoʻraygach, xurmo tanasini mahkam tutdi va chiday olmay:

«Koshki, bundan oldin oʻlsam edi va butunlay unutilib ketsam edi», dedi.

Ibodatxonada voyaga yetgan, pokligi va taqvosi bilan mashhur boʻlgan bokira qiz uchun ersiz bola tugʻish oʻlimdan va butunlay unutilib ketishdan ham dahshatli edi.

Shu payt kutilmagan hodisa roʻy berdi. Xijolatdan oʻlimiga rozi boʻlib turgan Maryamga: