۞ فَحَمَلَتْهُ فَٱنتَبَذَتْ بِهِۦ مَكَانًا قَصِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, unga homilador bo`ldi. So`ngra, u bilan uzoq makonga chetlandi.Бас, унга ҳомиладор бўлди. Сўнгра, у билан узоқ маконга четланди.Alauddin Mansour: Bas, (Maryam) unga homilador boʻlib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi.Бас, (Марям) унга ҳомиладор бўлиб, у билан бирга йироқ бир жойга кетди.
Yaʼni, Jabroil alayhissalom Maryamning yoqasidan puflaganidan keyin u Iyso alayhissalomga homilador boʻldi. «Soʻngra, u bilan uzoq makonga chetlandi.» Chunki, bokira qiz hali turmush qurmay, tuyqusdan homilador boʻlib, qavmi nazariga tushishdan andisha qilishi tabiiy bir hol edi. Keyin nima boʻlganini Allohning Oʻzi biladi. Ammo navbatdagi oyat Maryamning toʻlgʻoq tutganligi voqeasi bilan boshlanadi: