QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят21

قَالَ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌ ۖ وَلِنَجْعَلَهُۥٓ ءَايَةً لِّلنَّاسِ وَرَحْمَةً مِّنَّا ۚ وَكَانَ أَمْرًا مَّقْضِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat bo`lishi uchun, bu hukmi chiqib bo`lgan ishdir», dedi.У: «Ана шундай, Роббинг айтдики, бу Мен учун осондир ва уни одамларга белги қилиш учун ҳамда Биздан раҳмат бўлиши учун, бу ҳукми чиқиб бўлган ишдир», деди.Alauddin Mansour: (Jabroil) aytdi: «Shunday. Parvardigoring ayturki, bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun oyat-moʻʼjiza va Oʻz tomonimizdan boʻlgan rahmat-marhamat qilurmiz. Bu bitgan ishdir.(Жаброил) айтди: «Шундай. Парвардигоринг айтурки, бу (иш) Менга осондир. Биз у (болани) одамлар учун оят-мўъжиза ва Ўз томонимиздан бўлган раҳмат-марҳамат қилурмиз. Бу битган ишдир.

306-sahifa · 16-juz · 31-hizb306-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиكَذَٰلِكِana shundayана шундайقَالَaytdiайтдиرَبُّكِRobbingРоббингهُوَu (ish)у (иш)عَلَىَّMen uchunМен учунهَيِّنٌۭ ۖosondirосондирوَلِنَجْعَلَهُۥٓva uni qilishimiz uchunва уни қилишимиз учунءَايَةًۭbelgiбелгиلِّلنَّاسِodamlargaодамларгаوَرَحْمَةًۭva rahmatва раҳматمِّنَّا ۚBizdanБизданوَكَانَva bu ediва бу эдиأَمْرًۭاishишمَّقْضِيًّۭاhukmi chiqib boʻlganҳукми чиқиб бўлган
TafsirТафсир

Jabroil alayhissalom: Shunday, Robbing iroda qilsa, bashar tegmasa va buzuqi boʻlmasang ham farzand boʻlaveradi, dedi.

«...Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir...»

Hech kimsaning qoʻli tegmagan, buzuqilik qilmagan pok va bokira qiz bolaga farzand ato etish Men uchun juda ham oʻngʻaydir, dedi.

«...uni odamlarga belgi qilish uchun...»

Yaʼni, Biz senga bu farzandni odamlarga Allohingning qudratiga, xoliqligiga va tadbirkorligiga belgi boʻlishi uchun ato qilmoqdamiz.

Odamlar Alloh joriy etgan tabiiy qoidalarga odatlanib qolganlar. Shu bois, bu hodisalarning har lahzada sodir boʻlib turishini qonuniy yoki majburiy narsalar deb biladilar. Bu qoidalar ularning koʻz oʻngida koʻp takrorlanaverganidan shu qarorga kelganlar. Biroq ushbu qoidalarni joriy etgan Alloh uchun ayrim hollarni istisno etish ham hech gap emas.

Erkak va ayolning jinsiy unsiyatidan farzand paydo boʻlishini Alloh taolo umumiy qoida qilib qoʻygan. Aslida, erkak va ayol qoʻshilgan taqdirda ham, Allohning xohishi boʻlsagina, farzand yaraladi. Bu haqiqatni koʻpchilik unutib qoʻyadi. Unutiladigan haqiqatlarni bandalar yodiga solib turish uchun Alloh taolo har zamonda mazkur umumiy qoidalarga xilof ishlarni ham yuzaga keltiradi. Baʼzi bir er va ayollarni farzandsiz qilib qoʻyadi. Agar erkak va ayolning qoʻshilishigina bola yaralishining asosiy omili boʻlsa, nima sababdan barchaning ham farzandi boʻlavermaydi? Shuningdek, qartayib qolgan kishilardan farzand boʻlmasligi ham umum odamlar uchun tabiiy qoida, ammo Alloh xohlasa, Zakariyo alayhissalomga bergandek, keksa juftlarga ham farzand ato qilaveradi. Alloh har bir narsaga qodir, chunonchi, xotini boʻlmasa ham, erkakning oʻzidan ayol paydo qiladi. Odam Atodan Momo Havoni yaratganidek. Aksincha, erkak boʻlmasa ham, ayolning bir oʻzidan farzand yaratishi mumkin. Bibi Maryamdan Iyso alayhissalomni yaratgani kabi. Shuningdek, Odam Atoni yoʻqdan bor qilganidek, na er va na ayolsiz ham turfa maxluqlarni hayot sahniga keltiradi.

Mulohaza qilsak, mazkur hodisalarning barchasida ham Alloh taolo Oʻzi yaratgan sababchi omillarni ishga soladi. Chunki, U zot bu dunyoni shu asosda yaratgan. Aslida, bir ogʻiz «Boʻl!» desa, Odam Ato bino boʻlardi. Ammo bunday qilmadi. Dastavval, uni Oʻz qoʻli bilan loydan odam shaklida yasadi, bir muddatdan keyin uning ichiga jonni kiritdi.

Shunga oʻxshab, Zakariyo alayhissalomga ham tayyor oʻgʻilni shundoq tutqazib qoʻymadi. Pushtsiz kampiri bilan qoʻshilganidan keyin ayol homilador boʻldi. Homila paydo boʻlganining belgisi sifatida Zakariyo alayhissalomni uch kun tilsiz qilib qoʻydi. Nihoyat, farzand odatdagidek tabiiy yoʻsinda dunyoga keldi.

Shuningdek, Odam Atodan Momo Havoni yaratishda ham oʻziga xos bir qancha tadbirlar amalga oshirilgan.

Endi, bokira Maryamdan, erkaksiz, bola paydo qilish jarayoni qanday kechganiga kelaylik. Biz oʻrganayotgan oyatlarda aytilganidek, Jabroil farishta alayhissalom Maryamga yoʻliqdi-da, uning koʻylagi yoqasidan pufladi.