QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят25

وَهُزِّىٓ إِلَيْكِ بِجِذْعِ ٱلنَّخْلَةِ تُسَـٰقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًا جَنِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi», deb nido qildi.Хурмо танасини силкит, сенга янги мева туширади», деб нидо қилди.Alauddin Mansour: (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar.(Мана шу қуриб қолган) хурмо шохини силкитгин, у сенга янги хурмо меваларини ташлар.

306-sahifa · 16-juz · 31-hizb306-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُزِّىٓva silkitва силкитإِلَيْكِoʻzingga tomonўзингга томонبِجِذْعِtanasiniтанасиниٱلنَّخْلَةِxurmoхурмоتُسَـٰقِطْtushiradiтуширадиعَلَيْكِsengaсенгаرُطَبًۭاyangi mevaянги меваجَنِيًّۭاuzilganузилган
TafsirТафсир

Tafsirchi ulamolarimiz ushbu oyati karimani ikki xil talqin qiladilar. Baʼzilar «Uning ostidan» iborasini «xurmoning ostidan» maʼnosida, «nido qildi» iborasini, «farishta nido qildi» mazmunida sharhlaganlar. Ayrim ulamolar esa, «Uning ostidan»ni «Maryamning ostidan» va «nido qildi»ni, «Iyso nido qildi», degan mazmunda talqin etganlar.

Biz ikkinchi guruh fikriga qoʻshilamiz. Til va ibora jihatidan har ikki tomonning ham talqini toʻgʻri. Lekin, bizningcha, eʼtibor jihatidan ikkinchi tomonning fikri ustun. Chunki, ushbu hodisa boshidan oxirigacha gʻaroyibotga toʻla. Iyso alayhissalomning tugʻilishlari barobarida gapirganlari maʼlum va mashhur. Agar yuqoridagi nido farishtaning Bibi Maryamga nidosi edi, desak, hodisaning gʻaroyibligi yoʻq boʻladi. Ammo, dunyoga endigina kelgan murgʻak goʻdak nido qildi, desak, bu eng gʻaroyib hodisaning isboti boʻladi. Buning ustiga, toʻlgʻoqdan soʻng dovdirab turgan onasiga nimalar qilish kerakligini oʻrgatdi.

«Mahzun boʻlma...»

Yaʼni, bu hodisadan mahzun boʻlma,

«...batahqiq, Robbing ostingdan oqar suv qildi.»

Mazkur makonda suv yoʻq edi. Alloh unda suv paydo qildi. Undan yuvinasan va ichasan.

«Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi...»

U sening tanovul qilmogʻing uchundir.

Xurmo koʻzi yorigan ayollar uchun eng yaxshi taom ekanligi maʼlum.

Soʻng, Iyso alayhissalom onalariga qilgan nidosini davom ettirdilar: