فَكُلِى وَٱشْرَبِى وَقَرِّى عَيْنًا ۖ فَإِمَّا تَرَيِنَّ مِنَ ٱلْبَشَرِ أَحَدًا فَقُولِىٓ إِنِّى نَذَرْتُ لِلرَّحْمَـٰنِ صَوْمًا فَلَنْ أُكَلِّمَ ٱلْيَوْمَ إِنسِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ye, ich va ko`zing quvonsin. Bas, biror odamni ko`rar bo`lsang: «Men Rohmanga ro`za nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman», degin.Е, ич ва кўзинг қувонсин. Бас, бирор одамни кўрар бўлсанг: «Мен Роҳманга рўза назр қилдим. Бугун инсон зотига зинҳор гапирмасман», дегин.Alauddin Mansour: Endi sen yeb-ichgin, shod-xurram boʻlgin. Bas, agar odamzoddan birontasini koʻrib qolsang (va u sendan bu bolaning otasi haqida soʻrasa) u holda: «Men Rahmon yoʻlida roʻza tutmoqni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biron insonga soʻzlamayman», degin.Энди сен еб-ичгин, шод-хуррам бўлгин. Бас, агар одамзоддан биронтасини кўриб қолсанг (ва у сендан бу боланинг отаси ҳақида сўраса) у ҳолда: «Мен Раҳмон йўлида рўза тутмоқни назр (аҳд) қилганман, бас, бугун бирон инсонга сўзламайман», дегин.
Yaʼni, xurmodan ye, suvdan ich va farzandingga boqib quvongin. Seni bu gʻaroyib holda koʻrgan odamlar turli savollar berishi mumkin. Sen ularga ogʻiz ocha koʻrma. Ishora bilan, «Men Rohman sifatli Allohga roʻza nazr qildim, ibodatdaman. Bugun inson zotiga zinhor gapirmayman», degin. Bibi Maryamga oʻzlarini bunday tutish tavsiya qilinganining yashirin hikmati boʻlib, bu hikmat voqea rivojida namoyon boʻladi.