QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят27

فَأَتَتْ بِهِۦ قَوْمَهَا تَحْمِلُهُۥ ۖ قَالُوا۟ يَـٰمَرْيَمُ لَقَدْ جِئْتِ شَيْـًٔا فَرِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uni ko`tarib qavmiga olib keldi. Ular: «Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!Бас, уни кўтариб қавмига олиб келди. Улар: «Эй Марям, сен ажойиб нарса келтирдинг-ку!Alauddin Mansour: Soʻng (Maryam bolasini) koʻtargan holda qavmiga kelganida ular: «Ey Maryam, sen hech kim qilmagan ishni qilding-ku!Сўнг (Марям боласини) кўтарган ҳолда қавмига келганида улар: «Эй Марям, сен ҳеч ким қилмаган ишни қилдинг-ку!

307-sahifa · 16-juz · 31-hizb307-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَتَتْbas, keldiбас, келдиبِهِۦuni (olib)уни (олиб)قَوْمَهَاqavmigaқавмигаتَحْمِلُهُۥ ۖkoʻtaribкўтарибقَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰمَرْيَمُey Maryamэй Марямلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқجِئْتِkeltirdingкелтирдингشَيْـًۭٔاnarsaнарсаفَرِيًّۭاajoyibажойиб
TafsirТафсир

Bibi Maryam chaqaloq Iyso alayhissalomni koʻtarib qavmi huzuriga olib bordi. Qavm bu holni koʻrib hayratga tushdi. Darhol, Maryamni tergab, dashnom bera boshladi.

Ular:

«Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!»–dedilar. Qavmning bu zardasi: «Bola koʻtarib kelishing nimasi?» degan maʼnoni anglatardi. Qavm Maryamni tergashda davom etib:

«Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq boʻlmagan edi-ku!» – dedilar.

Aslida, Bibi Maryam Muso alayhissalomning birodari Horun alayhissalomning singlisi emas, balki ul zotning naslidan edi. Shuning uchun, qavm Maryamga Horunning nisbatini berib, «Horun singlisi» deb murojaat qilmoqdalar. Otang Imron yomon odam emas edi, onang Hanna ham buzuq xotin emas edi, sen qanday qilib erga tegmay turib bola tugʻib olding, demoqchi boʻldilar. Qavm buni ochiq aytmasa ham, uning taʼnasidan shu maʼno anglashiladi. Bibi Maryamni zinokorlikda ayblashga ishorat ochiq-oydin sezilib turibdi.

Shu oʻrinda Bibi Maryamga odamlarga ogʻiz ochmaslik haqida berilgan tavsiyaning hikmati namoyon boʻladi. U hech kimga gapirib oʻtirmadi-da: