يَـٰٓأُخْتَ هَـٰرُونَ مَا كَانَ أَبُوكِ ٱمْرَأَ سَوْءٍ وَمَا كَانَتْ أُمُّكِ بَغِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq bo`lmagan edi-ku!» – dedilar.Эй, Ҳорун синглиси, отанг ёмон одаммас ва онанг ҳам бузуқ бўлмаган эди-ку!» – дедилар.Alauddin Mansour: Ey Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas edi-ku!» dedilar.Эй Ҳоруннинг синглиси, сенинг отанг ёмон одам эмас, онанг ҳам фоҳиша эмас эди-ку!» дедилар.
Bibi Maryam chaqaloq Iyso alayhissalomni koʻtarib qavmi huzuriga olib bordi. Qavm bu holni koʻrib hayratga tushdi. Darhol, Maryamni tergab, dashnom bera boshladi.
Ular:
«Ey Maryam, sen ajoyib narsa keltirding-ku!»–dedilar. Qavmning bu zardasi: «Bola koʻtarib kelishing nimasi?» degan maʼnoni anglatardi. Qavm Maryamni tergashda davom etib:
«Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq boʻlmagan edi-ku!» – dedilar.
Aslida, Bibi Maryam Muso alayhissalomning birodari Horun alayhissalomning singlisi emas, balki ul zotning naslidan edi. Shuning uchun, qavm Maryamga Horunning nisbatini berib, «Horun singlisi» deb murojaat qilmoqdalar. Otang Imron yomon odam emas edi, onang Hanna ham buzuq xotin emas edi, sen qanday qilib erga tegmay turib bola tugʻib olding, demoqchi boʻldilar. Qavm buni ochiq aytmasa ham, uning taʼnasidan shu maʼno anglashiladi. Bibi Maryamni zinokorlikda ayblashga ishorat ochiq-oydin sezilib turibdi.
Shu oʻrinda Bibi Maryamga odamlarga ogʻiz ochmaslik haqida berilgan tavsiyaning hikmati namoyon boʻladi. U hech kimga gapirib oʻtirmadi-da: