QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят30

قَالَ إِنِّى عَبْدُ ٱللَّهِ ءَاتَىٰنِىَ ٱلْكِتَـٰبَ وَجَعَلَنِى نَبِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Albatta, men Allohning bandasiman. U menga kitob berdi va meni Payg`ambar qildi.У: «Албатта, мен Аллоҳнинг бандасиман. У менга китоб берди ва мени Пайғамбар қилди.Alauddin Mansour: (Shu payt chaqaloq, yaʼni Iyso tilga kirib) dedi: «Men Allohning bandasidirman. U zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni paygʻambar qildi.(Шу пайт чақалоқ, яъни Ийсо тилга кириб) деди: «Мен Аллоҳнинг бандасидирман. У зот менга Китоб — Инжил ато этди ва мени пайғамбар қилди.

307-sahifa · 16-juz · 31-hizb307-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиإِنِّىalbatta, menалбатта, менعَبْدُbandasimanбандасиманٱللَّهِAllohningАллоҳнингءَاتَىٰنِىَmenga berdiменга бердиٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَجَعَلَنِىva meni qildiва мени қилдиنَبِيًّۭاPaygʻambarПайғамбар
TafsirТафсир

Beshikda yotgan Iyso alayhissalomning tillaridan yosh bolaning emas, ululazm Paygʻambarning soʻzlari yangradi. Bu ilohiy haqiqatlar hozirgacha yanglish boʻlib kelayotgan eʼtiqod, tasavvur va tushunchalarni toʻgʻrilaydi. Iyso alayhissalom taʼlimoti, ul zot shaxsi haqidagi botil gʻoyalarni muolaja qiladi.

Ul zot alayhissalomning gaplariga eʼtibor beraylik:

«Albatta, men Allohning bandasiman».

Ha, taʼkidlab aytamanki, «Men Allohning bandasiman». Alloh emasman. Uning sherigi ham emasman. Uchlikning biri ham emasman. Allohning oʻgʻli ham emasman. Men Allohning bandasiman, insonman.

«U menga kitob berdi...»

Alloh menga ilohiy kitob–Injilni berdi. Injilni men berganim yoʻq.

«...va meni Paygʻambar qildi.»

Alloh taolo meni Oʻziga Paygʻambar qildi. Bilib qoʻyinglar, men Allohning Paygʻambariman. Men Alloh emasman.

«Meni qayerda boʻlsam ham, muborak qildi.»

Men qayerga borsam, Alloh oʻsha yerni xayr-barakotli, bandalarga saodat keltiradigan makon qilib qoʻydi. Mening oyogʻim yetgan joylardagi barakotlarni oʻzim hosil qilmayman. Bu, yakka va yagona, sheriksiz Allohning qudrati.

«Modomiki, hayot ekanman, namoz va zakotni ado etmoqni tavsiya qildi.»

Bu ham mening Allohning bandasi ekanimdan dalolat. Chunki, hayoti davomida namoz oʻqib, zakot berish bandaning vazifasidir.

«Meni volidamga mehribon qildi...»

Maryam–mening onam. Xudo emas. Men insonman, meni inson tuqqan. Inson bolasi onasiga mehribon boʻlganidek, men ham onamga mehribonman. Alloh meni:

«...jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi.»

Onamga mehribon boʻlganimdek, boshqa insonlarga ham shafqatliman, hech kimga jabr-sitam yetkazmayman.

«Menga tugʻilgan kunimda ham...»

Bashar kabi tugʻilgan zot hech qachon Xudo boʻla olmaydi. Demak, Iyso ham tugʻildi. U Xudo boʻlishi mumkin emas.

«...oʻladigan kunimda ham...»

Demak, Iyso oʻladi. Bu sifati ham u zot alayhissalomning Xudo boʻlishi mumkin emasligini tasdiqlaydi. Oʻlish bandaga xos hodisa boʻlib, Xudoga xos emas.

«...va qayta tiriladigan kunimda ham...»

Qayta tirilish ham bandaga xos.

«...salom bordir», dedi.»

Yaʼni, menga har uch holatimda–tugʻilgan, oʻlgan va qayta tirilgan kunimda salomatlik, omonlik va xotirjamlik bordir.

Diqqat qiladigan boʻlsak, Allohning bandasi va Paygʻambari boʻlmish Iyso alayhissalomning bu sifatlari u zotdan oldin kelgan Yahyo alay- hissalom sifatlarining aynan oʻzi. Bu ham Iyso alayhissalom Xudo emas, Xudoning Paygʻambari ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Qissa shu nuqtada xotima topadi. Davomida Alloh taolo bashariyatning teng yarmini dovdiratib turgan gʻoyat chigal masalaga yakun yasaydi va Iyso alayhissalomning kimliklarini qatʼiy qilib anglatadi.