وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ إِبْرَٰهِيمَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobda Ibrohimni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy bo`lgan edi.Китобда Иброҳимни эсла. Албатта, у сиддиқ ва Набий бўлган эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ushbu Kitobda Ibrohim (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgoʻy paygʻambar edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ушбу Китобда Иброҳим (қиссасини) зикр қилинг! Дарҳақиқат, у жуда ростгўй пайғамбар эди.
Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, Qurʼonda Ibrohim alayhissalomning qissasini zikr qil. U siddiq–oʻzi ham, soʻzi ham toʻgʻri, shuning barobarida, Nabiy–Paygʻambar boʻlgan edi. Ibrohim alayhissalomning siddiqlik sifatlari «koʻp tasdiqlovchi» maʼnosini ham anglatadi.