QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят40

إِنَّا نَحْنُ نَرِثُ ٱلْأَرْضَ وَمَنْ عَلَيْهَا وَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz yerga va uning ustidagi kimsalarga merosxo`r bo`lamiz va Bizgagina qayturlar.Албатта, Биз ерга ва унинг устидаги кимсаларга меросхўр бўламиз ва Бизгагина қайтурлар.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, Biz Oʻzimiz bu Yerga va undagi bor jonzotga merosxoʻr boʻlurmiz (yaʼni, barcha jonzot oʻtar, yolgʻiz Bizgina qolurmiz). Va faqat Bizgagina qayturlar.Шак-шубҳасиз, Биз Ўзимиз бу Ерга ва ундаги бор жонзотга меросхўр бўлурмиз (яъни, барча жонзот ўтар, ёлғиз Бизгина қолурмиз). Ва фақат Бизгагина қайтурлар.

308-sahifa · 16-juz · 31-hizb308-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, БизنَحْنُBizБизنَرِثُmerosxoʻr boʻlamizмеросхўр бўламизٱلْأَرْضَyergaергаوَمَنْva kimsalargaва кимсаларгаعَلَيْهَاuning ustidagiунинг устидагиوَإِلَيْنَاva Bizgaginaва Бизгагинаيُرْجَعُونَqaytarilurlarқайтарилурлар
TafsirТафсир

Zamin umri, uning sahnidagi jamiki kimsalarning hayoti ham bitadi. Hamma narsaga merosxoʻr boʻlib birgina Biz qolamiz. Jumlai odamzot faqat Bizgagina qaytariladilar. Bu qiyomat kunidir. Oʻshanda hayoti dunyoda qilgan har bir ishlaridan soʻraladilar.

Kelgusi oyati karimalarda Ibrohim alayhissalomning qissalari bayon qilinadi: