وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْحَسْرَةِ إِذْ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍ وَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni hasrat kunidan, ish bitmish paytidan ogoh qil. Ular g`aflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar.Уларни ҳасрат кунидан, иш битмиш пайтидан огоҳ қил. Улар ғафлатдадирлар, улар иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularni (yaʼni, Makka mushriklarini) barcha ish bitirilib, (yaʼni, jannat ahli jannatga, doʻzaxilar doʻzaxga hukm qilinib), ular hasrat-nadomat qilib qoladigan Kundan — Qiyomatdan qoʻrqiting! (Bugun) ular gʻaflatdadirlar, (shu sababdan) ular iymon keltirmaydilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларни (яъни, Макка мушрикларини) барча иш битирилиб, (яъни, жаннат аҳли жаннатга, дўзахилар дўзахга ҳукм қилиниб), улар ҳасрат-надомат қилиб қоладиган Кундан — Қиёматдан қўрқитинг! (Бугун) улар ғафлатдадирлар, (шу сабабдан) улар иймон келтирмайдилар.
Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, sen odamlarni hasratlar kuni boʻlmish qiyomatdan ogohlantir. U kunda hukm oʻqilib, ish yakunlangan boʻladi. Ular ana shu kunga dovur oʻzlarini oʻnglab olsinlar. Hozir esa:
«Ular gʻaflatdadirlar, ular iymon keltirmaslar».
Ular gʻaflat uyqusini tark etib, iymonga, Islomga kelsinlar.