قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنْ ءَالِهَتِى يَـٰٓإِبْرَٰهِيمُ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ لَأَرْجُمَنَّكَ ۖ وَٱهْجُرْنِى مَلِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Ibrohim, sen mening xudolarimdan yuz o`giruvchimisan?! Qasamki, agar to`xtamasang, seni, albatta, toshbo`ron qilaman! Mendan uzoq ket!» – dedi.У: «Эй Иброҳим, сен менинг худоларимдан юз ўгирувчимисан?! Қасамки, агар тўхтамасанг, сени, албатта, тошбўрон қиламан! Мендан узоқ кет!» – деди.Alauddin Mansour: (Otasi) aytdi: «Sen mening xudolarimdan yuz oʻgiruvchimisan, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen (mening xudolarimni soʻkishdan) toʻxtamasang, albatta, seni toshboʻron qilurman va (yoki) meni butunlay tark et!»(Отаси) айтди: «Сен менинг худоларимдан юз ўгирувчимисан, эй Иброҳим?! Қасамки, агар сен (менинг худоларимни сўкишдан) тўхтамасанг, албатта, сени тошбўрон қилурман ва (ёки) мени бутунлай тарк эт!»
Yaʼni, «Ey Ibrohim, hali sen mening xudolarimdan yuz oʻgiryapsanmi?! Ularga ibodatdan bosh tortyapsanmi?! Bilib qoʻy! Qasam ichib aytamanki, agar ularni tahqirlashdan toʻxtamasang, seni oʻlim kutadi, albatta, toshboʻron qilaman. Yoʻqol! Koʻzimga koʻrinma! Mendan uzoq ket!»–dedi.
Bunday qattiq tahdiddan keyin ham Ibrohim alayhissalom jahl qilmadilar. Bosiqlik bilan gaplarida davom etdilar.