QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят47

قَالَ سَلَـٰمٌ عَلَيْكَ ۖ سَأَسْتَغْفِرُ لَكَ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ بِى حَفِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Omon bo`l. Endi Robbimdan seni mag`firat qilishini so`rayman. Albatta, U menga juda ham lutfli, marhamatlidir.У: «Омон бўл. Энди Роббимдан сени мағфират қилишини сўрайман. Албатта, У менга жуда ҳам лутфли, марҳаматлидир.Alauddin Mansour: (Ibrohim) dedi: «Omon boʻl. Endi Parvardigorimdan seni magʻrifat qilishini soʻrarman. Shak-shubhasiz, U menga mehribon boʻlgan Zotdir.(Иброҳим) деди: «Омон бўл. Энди Парвардигоримдан сени мағрифат қилишини сўрарман. Шак-шубҳасиз, У менга меҳрибон бўлган Зотдир.

308-sahifa · 16-juz · 31-hizb308-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиسَلَـٰمٌomon boʻl (salom)омон бўл (салом)عَلَيْكَ ۖsengaсенгаسَأَسْتَغْفِرُmagʻfirat soʻraymanмағфират сўрайманلَكَsen uchunсен учунرَبِّىٓ ۖRobbimdanРоббимданإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уكَانَerurэрурبِىmengaменгаحَفِيًّۭاjuda lutfi marhamatliжуда лутфи марҳаматли
TafsirТафсир

Yaʼni, nima desang ham mayli, omon boʻl. Sen bilmay johillik qilyapsan. Endi men Robbimdan sening gunohingni kechirishini, gumrohliging jazosi sifatida zalolatda bardavom qoldirmasdan, hidoyat yoʻliga oʻtishing uchun imkoniyat yaratishini soʻrayman. U zot doimo menga marhamatli boʻlgan. Qachon bir narsani soʻrab duo qilsam, ijobat aylagan. Bu gal ham shunday boʻlsa, ajab emas.

Agar mening daʼvatim sizlarga yoqmayotgan boʻlsa, sizlarning orangizda turishimni xohlamayotgan boʻlsangiz: