وَأَعْتَزِلُكُمْ وَمَا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَأَدْعُوا۟ رَبِّى عَسَىٰٓ أَلَّآ أَكُونَ بِدُعَآءِ رَبِّى شَقِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men sizlardan ham, Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsangizdan ham chetlanaman va Robbimga iltijo qilaman. Shoyadki, Robbimga iltijo qilish ila badbaxt bo`lmasam», dedi.Мен сизлардан ҳам, Аллоҳдан ўзга илтижо қилаётган нарсангиздан ҳам четланаман ва Роббимга илтижо қиламан. Шоядки, Роббимга илтижо қилиш ила бадбахт бўлмасам», деди.Alauddin Mansour: Men sizlardan ham, sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringizdan ham chetlanurman va (yolgʻiz) Parvardigorimga iltijo qilurman. Parvardigorimga iltijo qilganim sharofatidan (sizlar kabi) badbaxt boʻlib qolmasman, deb umid qilurman».Мен сизлардан ҳам, сизлар Аллоҳни қўйиб илтижо қилаётган бутларингиздан ҳам четланурман ва (ёлғиз) Парвардигоримга илтижо қилурман. Парвардигоримга илтижо қилганим шарофатидан (сизлар каби) бадбахт бўлиб қолмасман, деб умид қилурман».
Yaʼni, men sizlardan ham, butlaringizdan ham chetlanaman. Uzoqqa ketaman. Sizlar bilan turish menga havas emas. Men oʻz Robbimga ibodat qilaman. Albatta, Robbimga ibodat qilish ila hech qachon badbaxt boʻlmayman.
Tafsirchilarimiz, «shoyad» soʻzi Alloh taologa nisbatan ishlatilganda «albatta» maʼnosini anglatadi, deganlar.
Bu gaplardan soʻng Ibrohim alayhissalom yurtlaridan hijrat qilib chiqib ketdilar. Zolim qavmdan chetlandilar.