فَلَمَّا ٱعْتَزَلَهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ ۖ وَكُلًّا جَعَلْنَا نَبِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan va ular Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsadan chetlanganida, Biz unga Is'hoq va Ya'qubni hadya etdik va barchalarini Payg`ambar qildik.Бас, улардан ва улар Аллоҳдан ўзга ибодат қилаётган нарсадан четланганида, Биз унга Исҳоқ ва Яъқубни ҳадя этдик ва барчаларини Пайғамбар қилдик.Alauddin Mansour: Bas, qachonki (Ibrohim) ulardan va ular Allohni qoʻyib sigʻinayotgan butlaridan chetlangach, Biz unga (farzandlari) Ishoq va Yaʼqubni hadya etdik va barchalarini paygʻambar qildik.Бас, қачонки (Иброҳим) улардан ва улар Аллоҳни қўйиб сиғинаётган бутларидан четлангач, Биз унга (фарзандлари) Исҳоқ ва Яъқубни ҳадя этдик ва барчаларини пайғамбар қилдик.
Ibrohim alayhissalom Allohni deb, U zotning dinini deb, oʻz vatanlari, qavm-qarindoshlarini tark etib, hijrat qilgan edilar. Alloh taolo u zotni yolgʻiz qoʻymadi. Qarib qolgan boʻlsalar ham, Ishoq va Yaʼqubni berdi. Yaʼni, u kishiga pushtsiz xotinlari Bibi Soradan Ishoq ismli oʻgʻil ato etdi. Ishoqqa esa, Yaʼqub ismli oʻgʻil berdi. Ibrohim alayhissalomning nasabini bardavom ayladi. Eng muhimi, ularning hammasini Paygʻambar qildi. Alloh taoloning roziligi yoʻlida qilgan hijratlari evaziga mushrik qarindoshlar oʻrniga Paygʻambar zurriyotlar berdi.