QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят50

وَوَهَبْنَا لَهُم مِّن رَّحْمَتِنَا وَجَعَلْنَا لَهُمْ لِسَانَ صِدْقٍ عَلِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga O`z rahmatimizdan hadya etdik hamda ularga rostgo`y va oliy til berdik.Ва уларга Ўз раҳматимиздан ҳадя этдик ҳамда уларга ростгўй ва олий тил бердик.Alauddin Mansour: Shuningdek, ularga Oʻz fazlu-marhamatimizdan inʼom etdik va ular uchun rost, yuksak maqtovlarni (barqaror) qildik.Шунингдек, уларга Ўз фазлу-марҳаматимиздан инъом этдик ва улар учун рост, юксак мақтовларни (барқарор) қилдик.

308-sahifa · 16-juz · 31-hizb308-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوَهَبْنَاva hadya etdikва ҳадя этдикلَهُمulargaуларгаمِّن-dan-данرَّحْمَتِنَاOʻz rahmatimizЎз раҳматимизوَجَعَلْنَاva berdikва бердикلَهُمْulargaуларгаلِسَانَtilтилصِدْقٍrostgoʻyростгўйعَلِيًّۭاoliyолий
TafsirТафсир

Yaʼni, biz ularga–Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub alayhimussalomlarga Oʻz rahmatimizni–ilm, maʼrifat, amal, mol-dunyo, xullas, ikki dunyo saodatini ato etdik.

«...hamda ularga rostgoʻy va oliy til berdik.»

Ular daʼvatlarida sodiq–rostgoʻy boʻldilar. Tillari doimo oliy–ustun edi. Kishilar ularning ogʻzidan chiqqan gaplarni jon deb tinglaydigan va ularga amal qiladigan boʻldilar.

Keyingi oyatlarda Ibrohim alayhissalomning oʻgʻillari Ishoq alayhissalomdan boʻlgan zurriyotlari Muso va Horun alayhissalomlar qissasi zikr etiladi: