QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят51

وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ مُوسَىٰٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مُخْلَصًا وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobda Musoni esla. Albatta, u tanlab olingan Nabiy va Rasul edi.Китобда Мусони эсла. Албатта, у танлаб олинган Набий ва Расул эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ushbu Kitobda Muso (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi-paygʻambar edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ушбу Китобда Мусо (қиссасини) зикр қилинг! Дарҳақиқат, у танлаб олинган элчи-пайғамбар эди.

308-sahifa · 16-juz · 31-hizb308-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرْva eslaва эслаفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِKitobКитобمُوسَىٰٓ ۚMusoniМусониإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уكَانَediэдиمُخْلَصًۭاtanlab olinganтанлаб олинганوَكَانَva ediва эдиرَسُولًۭاRasulРасулنَّبِيًّۭاNabiyНабий
TafsirТафсир

Ey Muhammad, ilohiy Kitob–Qurʼonda Muso alayhissalomning qissasini esla. U Alloh taolo tomonidan tanlab olingan banda: ham Nabiy va ham Rasul edi. Biz Alloh tomonidan bandalarga yetkazish uchun koʻrsatmalar olgan shaxsni Paygʻambar deb odatlanib qolganmiz. Aslida esa, Paygʻambarlik mohiyat jihatidan ikki turlidir. Bir turlariga «Nabiy», boshqalariga «Rasul» deyiladi. Nabiylar Allohdan vahiy kelgan, biroq kitob berilmagan, shuningdek, daʼvatlari keng ommaga emas, oʻzlari uchungina kifoya qilgan zotlardir. Rasullar Alloh tomonidan vahiy berilgan, daʼvatlari keng ommaga moʻljallangan zotlar hisoblanadilar. Muso alayhissalom ushbu ikki sifatni oʻzlarida mujassam qilgan Paygʻambarlardan biridirlar.