وَنَـٰدَيْنَـٰهُ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنِ وَقَرَّبْنَـٰهُ نَجِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz unga Turning o`ng tomonidan nido qildik va munojot uchun O`zimizni yaqinlashtirdik.Биз унга Турнинг ўнг томонидан нидо қилдик ва муножот учун Ўзимизни яқинлаштирдик.Alauddin Mansour: Biz unga Tur (togʻining) tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (Oʻzimizga) yaqin etdik.Биз унга Тур (тоғининг) томонидан нидо қилдик ва уни муножот қилган ҳолида (Ўзимизга) яқин этдик.
Yaʼni, Biz Musoga Tur togʻining oʻng tomonidan nido qildik. Nido qanday tarzda boʻlganining tafsili boshqa suralarda bayon qilingan. Bu surai karimada esa, siyoqqa mos ravishda bir eslatma shaklida keltirilmoqda, xolos.
«...va munojot uchun Oʻzimizni yaqinlashtirdik.»
Yaʼni, Muso alayhissalomni insoniyatga munojot qilish uchun oʻzimizga yaqinlashtirdik. U bilan farishta vositasisiz, bevosita muloqot qilish uchun shunday qildik.
Bu esa, oʻz navbatida, Muso alayhissalomning Alloh taolo tomonidan qanchalik lutfu marhamatga sazovor boʻlganliklarini yaqqol koʻrsatadi.