QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят6

يَرِثُنِى وَيَرِثُ مِنْ ءَالِ يَعْقُوبَ ۖ وَٱجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U menga va Ya'qub oilasiga merosxo`r bo`lsin. Ey Robbim, uni O`zing rozi bo`ladigan qil», dedi.У менга ва Яъқуб оиласига меросхўр бўлсин. Эй Роббим, уни Ўзинг рози бўладиган қил», деди.Alauddin Mansour: Menga va (bobom) Yaʼqub xonadoniga merosxoʻr boʻladigan (bir doʻst yaʼni, farzand hadya etgin) va uni (Oʻz nazdingda) rozi boʻlinadigan (solih) kishilardan qilgin».Менга ва (бобом) Яъқуб хонадонига меросхўр бўладиган (бир дўст яъни, фарзанд ҳадя этгин) ва уни (Ўз наздингда) рози бўлинадиган (солиҳ) кишилардан қилгин».

305-sahifa · 16-juz · 31-hizb305-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَرِثُنِىmenga merosxoʻr boʻlsinменга меросхўр бўлсинوَيَرِثُva merosxoʻr boʻlsinва меросхўр бўлсинمِنْ-dan-данءَالِoilasiоиласиيَعْقُوبَ ۖYaʼqubЯъқубوَٱجْعَلْهُva uni qilва уни қилرَبِّey Robbimэй Роббимرَضِيًّۭاrozi boʻladiganрози бўладиган
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalom muddaolarini bayon etmaslaridan burun, ahvolotlari sababini zikr etib, dardlarini toʻkib soldilar. «Ey Robbim, mening suyaklarim moʻrtlashdi.» Suyagi moʻrtlashgan odam qarib, butun vujudi zaif boʻlib qoladi. «...boshga oq tutashdi...» Boshimdagi sochlarga oq taraldi. Bu ham keksalikning alomati. «...ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt boʻlmaganman.» Qachonki senga duo qildim, saodatmand boʻldim. Duolarimni doimo qabul aylab, meni umidda qatʼiy qilib qoʻygansan. «Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qoʻrqdim.» Qarib-qartayib, oʻlim yaqinlashganda, ortimda qolayotgan merosxoʻr qarindoshlarim mendan qolajak merosga munosib emasliklaridan tahlikadaman. «Ayolim tugʻmas edi.» Loyiq merosxoʻr boʻladigan farzandim ham yoʻq. Ortimda qoladigan meros zoye boʻlmasin. «...menga Oʻz dargohingdan bir valiy – ortdan qolguvchi ato et.» Robbim, menga farzand ato ayla! «U menga va Yaʼqub oilasiga merosxoʻr boʻlsin.» Yaʼni, menga va Yaʼqub alayhissalom avlodlariga merosxoʻr boʻlsin. Bu oʻrinda merosxoʻrlikdan murod paygʻambarlik va ilmdir. Zero, Paygʻambarlar molu dunyo meros qoldirmaydilar. «...Ey Robbim, uni Oʻzing rozi boʻladigan qil», dedi.» Eng muhimi, oʻsha farzand seni rozi qiladigan banda boʻlsin. Bu duo Allohdan farzand talab qilishning bashariyatga taqdim etilayotgan yuksak namunasidir. Alloh taolo Zakariyo alayhissalomning bu maxfiy duolarini qabul etganini bildirib, u zotga quyidagi xitobni qildi: