QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят5

وَإِنِّى خِفْتُ ٱلْمَوَٰلِىَ مِن وَرَآءِى وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًا فَهَبْ لِى مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qo`rqdim. Ayolim tug`mas edi. Bas, menga O`z dargohingdan bir valiy — ortdan qolguvchi ato et.Ва, албатта, мен ортимдаги қариндошлардан қўрқдим. Аёлим туғмас эди. Бас, менга Ўз даргоҳингдан бир валий — ортдан қолгувчи ато эт.Alauddin Mansour: Men ortimda qoladigan qarindosh-urugʻlarim (mening dinimni zoye qilib yuborishlari)dan xavfdaman. Xotinim tugʻmas boʻlib qolgan. Endi Sen (menga) oʻz dargohingdan menga bir doʻst (yaʼni, farzand) hadya etginМен ортимда қоладиган қариндош-уруғларим (менинг динимни зое қилиб юборишлари)дан хавфдаман. Хотиним туғмас бўлиб қолган. Энди Сен (менга) ўз даргоҳингдан менга бир дўст (яъни, фарзанд) ҳадя этгин

305-sahifa · 16-juz · 31-hizb305-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنِّىva albatta, menва албатта, менخِفْتُqoʻrqdimқўрқдимٱلْمَوَٰلِىَqarindoshlardanқариндошларданمِن-dan-данوَرَآءِىortimортимوَكَانَتِva ediва эдиٱمْرَأَتِىayolimаёлимعَاقِرًۭاtugʻmasтуғмасفَهَبْbas, ato etбас, ато этلِىmengaменгаمِن-dan-данلَّدُنكَOʻz dargohingЎз даргоҳингوَلِيًّۭاbir valiy (ortdan qolguvchi)бир валий (ортдан қолгувчи)
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalom muddaolarini bayon etmaslaridan burun, ahvolotlari sababini zikr etib, dardlarini toʻkib soldilar. «Ey Robbim, mening suyaklarim moʻrtlashdi.» Suyagi moʻrtlashgan odam qarib, butun vujudi zaif boʻlib qoladi. «...boshga oq tutashdi...» Boshimdagi sochlarga oq taraldi. Bu ham keksalikning alomati. «...ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt boʻlmaganman.» Qachonki senga duo qildim, saodatmand boʻldim. Duolarimni doimo qabul aylab, meni umidda qatʼiy qilib qoʻygansan. «Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qoʻrqdim.» Qarib-qartayib, oʻlim yaqinlashganda, ortimda qolayotgan merosxoʻr qarindoshlarim mendan qolajak merosga munosib emasliklaridan tahlikadaman. «Ayolim tugʻmas edi.» Loyiq merosxoʻr boʻladigan farzandim ham yoʻq. Ortimda qoladigan meros zoye boʻlmasin. «...menga Oʻz dargohingdan bir valiy – ortdan qolguvchi ato et.» Robbim, menga farzand ato ayla! «U menga va Yaʼqub oilasiga merosxoʻr boʻlsin.» Yaʼni, menga va Yaʼqub alayhissalom avlodlariga merosxoʻr boʻlsin. Bu oʻrinda merosxoʻrlikdan murod paygʻambarlik va ilmdir. Zero, Paygʻambarlar molu dunyo meros qoldirmaydilar. «...Ey Robbim, uni Oʻzing rozi boʻladigan qil», dedi.» Eng muhimi, oʻsha farzand seni rozi qiladigan banda boʻlsin. Bu duo Allohdan farzand talab qilishning bashariyatga taqdim etilayotgan yuksak namunasidir. Alloh taolo Zakariyo alayhissalomning bu maxfiy duolarini qabul etganini bildirib, u zotga quyidagi xitobni qildi: